Ayni paytda 1 million 330 mingdan ortiq aholi istiqomat qilayotgan Jizzax viloyatida şoşilinç tibbiy yordam tizimida bir qator kamçiliklar mavjud. Bu haqida «XXI asr»  naşri xabar bermoqda.

«Şoşilinç tibbiy yordam...yordamga muhtoj» sarlavhali maqolada ta'kidlanişiça, butun viloyatda bitta ham jarrohlik reanimatsiya bölimi mavjud emas. 

Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali tez tibbiy yordam bölimi boşliği Abduvali Jonibekovning hisobotiga köra, viloyat şoşilinç tibbiy yordam tizimi ─ hududiy 220 örinli filial hamda tumanlardagi jami 225 örinli şoşilinç tibbiy yordam bölinmalaridan iborat. 

«Markazning texnik holati qoniqarli bölsa-da, binolar kapital ta'mirga muhtoj. Isitiş tizimi, elektr, issiq va sovuq suv tarmoqlari, oqava suv quvurlari, tom ayançli ahvolda. Gaz quvuri aholi yaşaydigan joylardan ötib kelayotgani sababli kuz-qiş mavsumida qozonxonaning gaz bosimi öta past, isitişga kuçi yetmaydi» , ─ deyiladi maqolada.

Ma'lum qilinişiça, tuman tez tibbiy yordam bölimi va şoxobçalari ham joriy va kapital ta'mirlaş, mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda. Şoşilinç tibbiy yordam bölimlarida asosiy vraçlar ta'minoti 52 foizni, tez tibbiy yordam bölimlarida esa 29 foizni taşkil etadi. Mutaxassislar asosan örindoş vraçlar hisobiga töldirilmoqda.