Özbekiston ötgan ikki yil özining islomiy iqtisodini şakllantiriş bilan band böldi, deb yozadi Salaam Gateway naşri.

Naşrda ta'kidlanişiça, Özbekiston bir paytlar sobiq Sovet tuzumi tarkibida bölgan, ayni paytda Markaziy Osiyodagi aholisi eng köp davlat hisoblanadi. 

«32 million xalqning asosiy qismini musulmonlar taşkil qiladi. 

Mamlakatni «temir qonunlar» bilan uşlab turgan birinçi Prezident Islom Karimovning vafotidan keyin, iqtidorga kelgan Prezident Şavkat Mirziyoyev oçiq iqtisod tizimiga ötiş va xorijlik investorlarni jalb qilişga qaror qildi», — deya ta'kidlanadi naşrda. 

Mirziyoyev hukumati çet investitsiyasini maqsadli yönaltirişda ança muvaffaqiyatga erişgani e'tirof etilgan. 

Naşrga köra, BMTning savdo va taraqqiyot masalalariga bağişlangan konferensiyasi tahlilida Özbekistondagi investitsiya oqimi 2018 yilda avvalgi yilga nisbatan 4 baravarga köpaygan.

«Bu 98 million dollarning 412 million dollarga oşişi bilan baholanadi. Asosiy investorlarni özbek gazi va yoqilğisi bilan qiziqadigan rossiyaliklar taşkil qilgan bölsa, 2018 yildan Xitoy, Hindiston, Turkiya va Koreya Respublikasining ham Özbekistonga qiziqişi kuçaydi.

Islom iqtisodiy sektorida esa Özbekiston asosan quyidagi 3 narsaga e'tibor qaratmoqda: özining islom moliyaviy tizimini yaratiş, mamlakatni musulmon sayyohlar uçun oçiş va islom iqtisodidagi davlatlar bilan savdo aloqalarini örnatiş», — deyiladi naşr e'lon qilgan maqolada. 

Mamlakatdagi islom moliyasi tizimi

2018 yil iyulda Özbekiston bank sektori va taşqi savdoni rivojlantiriş maqsadida islom iqtisodi boşqaruvi va islom moliyaviy institutlarini joriy qiliş rejalaştirilganini ma'lum qilgan edi.

«Islom iqtisodi Özbekiston uçun birinçi darajada bölişi anglaşilmasa-da, biroq Xususiy sektorni rivojlantiriş böyiça Islom Taraqqiyoti Korporatsiyasining (ICD) şar'iy-moliyaviy masalalarga e'tibori kuçayişi