Qozoğistonning Turkiston viloyati Aris şahrida harbiy omborxonada portlaş sodir bölgani sababli Qozoğistonning «Temiryöl yölovçi taşuvi» kompaniyasi 13ta yölovçi poyezdi, xususan, «Ufa—Toşkent» (№382) va «Samarqand—Nur-Sulton (Ostona)» (№252) poyezdlari qatnovini vaqtinça töxtatgan. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga asoslanib, Tengrinews.kz naşri xabar berdi.

«Qozoğiston temir yöllari» kompaniyasi tomonidan yölovçi poyezdlarining xavfsiz harakatini ta'minlaş yuzasidan, şuningdek, yölovçi sostavlarini suv, dizel yoqilğisi va boşqa zarur vositalar bilan ta'minlaş böyiça barça çoralar körilmoqda.

«Özbekiston temir yöllari» «Ufa-Toşkent» poyezdi «texnik sabablarga köra» uşlanib qolganini tasdiqladi. Poyezd Turkistonda töxtab turibdi.

Bugun, 24 iyun kunining birinçi qismida Qozoğiston janubidagi Turkiston viloyati Aris şahridagi harbiy qism hududidagi öq-dori omborxonasida portlaşlar röy berdi. Şaharda favqulodda holat e'lon qilindi va aholini evakuatsiya qiliş işlari boşlandi.

Sönggi ma'lumotlarga köra, hodisa oqibatida bir kişi halok bölgan va 70dan ortiq kişi jarohatlangan.