Bugun, 25 iyun kuni Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida «Sud-huquq sohasidagi islohotlar» mavzusida matbuot anjumani taşkil etildi. Tadbirda Oliy sud raisining jinoyat, fuqarolik, ma'muriy, iqtisodiy, murojaatlar bilan işlaş böyiça örinbosarlari va matbuot xizmati boşliqlari iştirok etdilar.

Tadbir davomida Oliy sud vakillaridan Gulnora Karimova işini qayta körib çiqiş va uni oqlaş böyiça Oliy Sudga qandaydir murojaat kelib tuşgan-tuşmagani haqida söraldi.
«Gulnora Karimova işi böyiça Oliy Sudga yaqin vaqt içida biror murojaat kelib tuşmagan. Uning va oila a'zolarining turli manbalar orqali qilayotgan bayonotlari Gulnora Karimovaning şaxsiy taşabbuslaridir. Bu borada biror rasmiy hujjat körib çiqilayotgani yöq», deya Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat işlari böyiça sudlov hay'ati raisi örinbosari Ikrom Muslimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
23 iyun kuni Gulnora Karimova prezidentga va Özbekiston xalqiga murojaat qilib çiqqandi.
24 iyun kuni Şveytsariya boş prokuraturasi Gulnora Karimovaning «muzlatilgan» pullaridan 133 million dollar Özbekistonga qaytarilişini ma'lum qildi.













