Bugun, 25 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy sud rahbariyati va jurnalistlar iştirokida «Sud-huquq sohasidagi islohotlar» mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi. Tadbirda Oliy sud raisining jinoyat, fuqarolik, ma'muriy, iqtisodiy, murojaatlar bilan işlaş böyiça örinbosarlari va matbuot xizmati boşliqlari iştirok etişdi.

Tadbirda Oliy sud raisi örinbosari Xolmömin Yodgorov sud-huquq sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarga töxtalib ötdi.

Bugungi kunda respublikamiz böyiça 607ta sud faoliyat körsatmoqda. Prezident qarori bilan sudlar ixtisoslaşdi. Jinoyat, fuqarolik sudlari bilan bir qatorda ma'muriy va iqtisodiy sudlar iş olib bormoqda.

Statistik ma'lumotlarga qaraganda, jami körilgan işlarning 54,2 foizi sayyor sudlarda körilgan. 2018 yil birinçi yarmida jami sudlarda 817 ming 656ta iş körilgan bölsa, 2019 yil 5 oyida 461 ming 100ta iş körib tamomlangan.

Sudlarda oqlov hukmlari ham köpaymoqda. Misol uçun, birgina 2018 yilda 867 nafar şaxs oqlangan. 2019 yil 5 oyida 298 nafar şaxs aybi sudda isbotlanmagani uçun oqlandi, reablitatsiya qilindi.

Ötgan 5 oyda 51 ming 541ta jinoyat işi birinçi instansiyada körilgan. Şundan atigi 25 foizi (3616ta) ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölgan jazo tayinlangan. 9722tasi (67 foizi) ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlangan.

Yaraştiruv harakatlariga qaramay 2019 yilning ötgan 5 oyida 10 mingdan ziyod oilaning nikohi bekor qilindi.

Tadbirda sudyalar tomonidan yöl qöyilgan kamçiliklar böyiça ham alohida töxtalindi. Korrupsiya masalasida alohida respublika işçi guruhi tuzilgan va u guruh muntazam faoliyat olib bormoqda.

Oliy sud raisi örinbosari Xolmömin Yodgorov bergan ma'lumotlarga köra yöl qöyilgan kamçiliklar uçun 151 nafar sudyaga turli çoralar körilgan, 11 nafarining vakolati muddatidan oldin tugatilgan.

Oliy sudda işlarning uzoq muddat körilayotgani, ba'zan noroziliklar paydo bölayotganini izohlarkan X. Yodgorov şunday dedi: «Hozirgi paytda Oliy sudning bir nafar sudyasi qölida 150tagaça turli darajadagi murakkab işlar bor. Bu juda katta hajm. Xorijga borganimizda aynan mana şu yuklama qanday bajarilişi bilan qiziqdik. Masalan, AQŞ sudlari bunday vaziyatda işlarni tanlab-tanlab olişarkan. Biz buni hatto tasavvur ham qila olmaymiz va barçasini töliq körib çiqamiz»