2020 yilda AQŞ prezidentligi uçun saylovlarda iştirok etişini bildirgan senator Berni Sanders amerikalik talabalarning ta'lim kreditlaridan bugungi kunda 1,6 trln dollarga teng bölgan qarzlarini töliq va zudlik bilan keçib yuboriş töğrisidagi qonun loyihasini kiritdi. Bu haqda The Washington Post gazetasi xabar berdi.

Agarda Sandersning taşabbusi qöllab-quvvatlansa, u jami 45 mlnga yaqin amerikaliklarga taalluqli böladi. Senator talabalarning qarzlarini moliyaviy ötkazmalarga yangi soliqlar joriy etiş orqali yopişni taklif qilmoqda.

Hukumatning taxminiça, ta'lim krediti olgan amerikaliklarning 30 %i qarzlarini tölay olişi dargumon.

Qonunga köra, ta'lim kreditidan hattoki bankrotlik e'lon qilinganida ham keçilmaydi. Natijada ta'lim kreditidan qarzdorlar orasida pensionerlar ham paydo bölgan. Ularning köpçiligi farzandlari yoki nabiralarini öqitiş uçun kredit olgan bölsa, ular orasida hattoki 1960-yillarda kollejda öqiş uçun kredit olib haligaça tölay olmayotganlar ham bor.