Tanqidga munosabat: O‘zbekiston tumani Dasht qishlog‘ida elektr ta'minoti yaxshilandi
19 iyun kuni saytimizda Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanining Qoratepa qishlog‘idagi «Dasht» mahallasi ko‘chalariga aholi o‘z kuchi bilan qo‘lbola simyog‘ochlar o‘rnatgani, hududda elektr ta'minoti juda yomon ahvoldaligi haqida tanqidiy maqola e'lon qilingan edi.
Aholi vakillari necha yillardan beri, ular tomonidan hokimlik va viloyat, tuman elektr korxonalari hech qanday chora ko‘rmayotganini, mahalla har yili dasturdan tushib qolayotganini bildirgan.
Maqola keng ommaga taqdim qilingach, muammoli holat Farg‘ona viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan o‘rganilib, hal etildi.
Viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi Kun.uz saytiga O‘zbekiston tumani, «Dasht» mahallasida olib borilgan ishlar yuzasidan ma'lumot taqdim etdi. Unda, mahalla nomidan yozilgan Zamiraxon Nurmatovaning murojaatiga asosan O‘zbekiston tumani, «Dasht» mahallasidagi nostandart qo‘lbola simyog‘ochlar o‘rniga 10 dona yaroqli tayanchlar o‘rnatilgani hamda aholi uchun elektr ta'minoti sifatini oshirish maqsadida 0,04 kVli havo tarmog‘i tortilgani haqida axborot berilgan.
Biz «Dasht» mahallasida yashovchi aholi vakillari bilan telefon orqali suhbatlashdik. Ular Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va O‘zbekiston tuman elektr tarmoqlari tomonidan elektr ta'minoti bo‘yicha mavjud kamchiliklar bartaraf qilinganini aytib, fotosuratlar jo‘natishdi.
Mavzuga oid
17:21 / 07.11.2024
Farg‘onada to‘rt kishi ovqatdan zaharlandi
10:38 / 29.09.2024
«Barcha erishganlarimiz kitob ortidan» – kitob o‘qib Spark yutgan yosh oila
09:47 / 12.11.2023
Farg‘onada fuqaro 1,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
09:20 / 26.02.2023