Joriy yilning may-iyun oylarida «Buyuk Kelajak» XNNT tomonidan 2035 yilgaça Özbekistonning uzoq muddatli rivojlaniş strategiyasi loyihasining jamoatçilik muhokamalari taşkil etildi.

Strategiya maqsadlari

Hozirgi şiddatli zamonda mamlakatning uzoq muddatli rivojlaniş modelini belgilaş va barça sohalarda izçillik bilan amalga oşirilayotgan islohotlarni qöllab quvvatlaş zarur. Özbekiston Respublikasining 2035 yilgaça rivojlaniş strategiyasi «Buyuk Kelajak» ekspertlari tomonidan işlab çiqilib, mamlakatimizni dunyoning iqtisodiy rivojlangan 50ta mamlakatiga kirişini ta'minlaşga qaratilgan. Konsepsiya davlat boşqaruvini isloh qiliş, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantiriş, innovatsiyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş kabi asosiy yönalişlarni öz içiga oladi.

Hujjat kim tomonidan va qay tarzda işlab çiqilgan?

Strategiya loyihasini rivojlangan mamlakatlarda yaşovçi, turli sohalarda professional tajribaga ega bölgan «Buyuk Kelajak» ekspertlari işlab çiqdilar. Strategiya ustida işlaş yondaşuvlari, takliflar va Strategiya konsepsiyasi loyihasi «Özbekiston 2035» birinçi va ikkinçi xalqaro forumlari doirasida muhokama qilindi. Muhokamalarda deputatlar, davlat organlari, ilmiy va ta'lim muassasalari, xalqaro taşkilotlar vakillari va ekspertlar iştirok etdi. Olingan tavsiyalar asosida Strategiya konsepsiyasining loyihasi takomillaştirildi.

Jamoatçilik muhokamalari nima maqsadda taşkil etildi?

Strategiya loyihasiga jamiyat hayotining asosiy jabhalariga oid taklif va tavsiyalar kiritilganligi sababli, keng jamoatçilikning fikrini örganib çiqiş zarur degan töxtamga kelindi. Şuning uçun Özbekistonda yaşovçi jinsi, kasbi va millatidan qat'iy nazar barça uçun hujjat mazmuni böyiça fikr bildiriş va baholaş imkoniyati yaratildi.

Jamoat muhokamalari qanday ötkazildi?

Jamoatçilik muhokamalari doirasida «Buyuk Kelajak» ekspertlari JIDU, TDYuU, Toşkent Xalqaro Vestminster Universiteti, Özbekiston bank va moliya akademiyasi, Loyiha boşqaruvi milliy agentligi qoşidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boşqaruv respublika oliy maktabi va boşqa oliy ta'lim muassasalarida Strategiya bölimlarining taqdimotlarini ötkazdilar. Uçraşuvlarda magistrantlar, doktorantlar va öqituvçilar iştirok etişdi.