Yaponiya fond bozoridagi kelişuvlar böyiça nazorat komissiyasi Nissan sobiq rahbari Karlos Gon moliyaviy firibgarliklarni amalga oşirgani uçun kompaniyaga jarima soliş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda öz manbalariga tayanib Kyodo agentligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, jarima miqdori 2,4 mlrd iyen (22,4 mln dollar) bölişi mumkin. Bu masala böyiça yakuniy qarorni Yaponiya moliya vazirligi qabul qiladi.

Karlos Gon ötgan yil noyabrida hibsga olingandi. Unga 11 yanvarda moliyaviy bitimlar haqidagi qonunni buziş va xizmat mavqeini suiiste'mol qiliş böyiça ayblovlar bildirilgan. 

Mart oyi boşida Gonning yangi advokati uning garov puli va Yaponiyani tark etmaslik haqidagi tilxati evaziga ozod qilinişiga erişgan. Ammo ozodlikka çiqarilgandan bir oydan kamroq vaqtdan keyin yana panjara ortiga jönatildi.

Gonning navbatdagi hibsga olinişiga u tomonidan 2012 yildan ummonlik distribyutorga tölovlarning bir qismining özlaştirilişi sabab bölgan. Prokurorlar Gonni 563 mln iyenga (5 mln dollar) yaqin pulni özlaştirganlikda gumon qilişmoqda.