Serg‘ayrat, yangilik yaratuvchi va sog‘lom fikrlovchi bo‘lib qolish uchun o‘z odatlaringizni o‘zgartiring.

Bir necha avlod ilgari odamlar 50 yil umr ko‘rish haqida orzu ham qilishmagan. Yaxshiyamki, hozir aksariyat odamlar avvalgilarga nisbatan 20-40 yil uzoqroq hayot kechirishyapti. Biroq yil o‘tgan sayin miya o‘z faoliyatini bajarishda qiyinchiliklarga duch keladi.

O‘tirib ishlashga moslashgan hayot tarzi va zararli odatlar butun organizmga salbiy ta'sirini o‘tkazadi, xususan miyaga ham. Yosh qo‘shilgan sari Alsgeymer kasalligi kelib chiqishi va rivojlanishi xavfi ortadi.

Yuqori ahamiyatli organning erta qarishi oldini olish va teran aqlni saqlab qolish uchun bir necha muhim tavsiyalarga amal qilish zarur.

1. Ovqatlanish tarzingizni o‘zgartiring

Sog‘lom ovqatlanish hayot tarzi nafaqat qomat va umumiy harakatlanishga, balki miya uchun ham foydali. Boshlanishiga odat tarzingizda kichik o‘zgarishlar qiling. Masalan, kechki qahva o‘rniga ko‘k choy iching. Uning tarkibida kofeinlar nisbatan kam va miya hujayralarini zararlanishdan asrashga ko‘maklashuvchi antioksidantlar ko‘proq. Dudlangan mahsulotlar iste'molini kamaytiring.

To‘g‘ri ovqatlanish kun davomida faqatgina ko‘kat, salat va yormalar yeyish kerak degani emas. Olimlar aniqlashicha, tarkibi ko‘p miqdorda sabzavot, meva, zaytun yog‘i, baliq va dengiz mahsulotlariga boyligi bilan ajralib turuvchi O‘rta Yer dengizi diyetasi miya hujayralari yo‘qotilishini kamaytirish va idrok qobiliyatini saqlab qolish xususiyatiga ega. 

2. Kuniga kamida 20 daqiqa sport bilan shug‘ullaning

Harakatli mashqlar miya salomatligini saqlab qolish uchun juda muhim. Aerobika qon aylanishini tezlashtiradi, xotirani yaxshilaydi va miyada yangi hujayralar o‘sishiga turtki bo‘ladi. Shu orqali qo‘shimcha neyroaloqalar vujudga keladi.

Sport, shuningdek, miyaga kichik dozadagi antidepressant kabi ta'sir o‘tkazishi mumkin. Jismoniy faoliyat stressdan chiqishga ko‘maklashadi. Aerobika yoki istagan sport mashg‘ulotingiz bilan haftasiga kamida 1,5 soat, ya'ni kuniga 20 daqiqa mashg‘ul bo‘ling. Bu salomatligingiz uchun ahamiyatli.

3. Qulay hududingizdan tez-tez uzoqlashing

Bizning miyamiz turli xil boshqotirma va qiyinchiliklarni yechishga majburlab turilganda o‘z yoshligini saqlab qola oladi. Tez-tez takrorlanuvchi fikrlarga xilof ravishda, miya dasturlanmagan, u o‘zgara oladi. Agar odam istasa, eski odat o‘rniga yangisini almashtirishi orqali ham bunga erishishi mumkin. Miyaning bu o‘zgarishi hodisasi neyroplastiklik deb ataladi.