Taniqli murabbiy Baxtiyor Aşurmatov «Surxon» klubi boş murabbiyi etib tayinlandi.
Klub matbuot xizmati xabariga köra, bu haqda bugun, 27 iyun kuni bölib ötgan navbatdan taşqari yiğilişda ma'lum qilingan.
Majlisni «Surxon» klubi boş direktor örinbosari Alişer Rustamov oçib bergan. Unda jamoaning barça a'zolari iştirok etgan.
«Menga bildirilgan işonç uçun avvalambor «Surxon» futbol klubi rahbariyatiga öz minnatdorçiligimni bildiraman. Işonamanki, biz bir oila bölib şakllanib, faqat yuqori maqsadlar sari intilamiz», – degan Aşurmatov.
Baxtiyor Aşurmatov kuni keça bu lavozimdan iste'foga çiqqan Andrey Miklyayevning örnini egalladi.
Eslatib ötamiz, Aşurmatov ötgan mavsumda Olmaliqning OKMK klubini Özbekiston kubogi ğolibligi sari boşlab borgan edi. Şundan söng dekabrda «Buxoro» boş murabbiyi qilib tayinlangan va iyul oyi boşida qoniqarsiz natijalar tufayli işdan böşatilgan edi.

Termiz şahri jamoasi Superligada mavsumning birinçi yarmini kuçli uçlikda yakunlaşi mumkin. Buning uçun jamoa 29 iyun, şanba kuni «Nasaf» maydonidan mağlubiyatsiz qaytişi kerak.
Qarşidagi öyin soat 20:00da boşlanadi. Uni Temur Töxtasinov boşqarib boradi.


















