Bugun, 27 iyun kuni Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasida boşqaruv kadrlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Huquqiy axborot».
Qarorga muvofiq, 2019/2020 öquv yilidan:
- Akademiyada kadrlarni tayyorlaş grant va tölov-kontrakt asosida, işlab çiqarişdan ajralgan holda bir yillik va işlab çiqarişdan ajralmagan holda ikki yillik magistratura dasturlari asosida amalga oşiriladi va diplom beriladi;
- Akademiya magistraturasiga va qayta tayyorlaş kurslariga qabul nomzodlarni birlamçi saralab oliş va keyinçalik test va suhbat ötkaziş orqali tanlov asosida amalga oşiriladi;
- nomzodlarga qöyiladigan talablar Prezident qarori bilan belgilanadi.
Akademiya bitiruvçilari Prezident maslahatçilari bölinmalari tomonidan rahbarlik lavozimlariga taqsimlanadi.
Akademiyaga 2019/2020 öquv yili uçun qabul kvotalari quyidagiça belgilandi:
- işlab çiqarişdan ajralgan holda “Davlat boşqaruvi” mutaxassisligi magistraturasiga 90 nafar (şundan 36 ta grant, 54 ta kontrakt);
- işlab çiqarişdan ajralmagan holda “Davlat boşqaruvi” mutaxassisligi magistraturasiga 30 nafar (şundan 12 ta grant, 18 ta kontrakt);
- işlab çiqarişdan ajralgan holda “Davlat boşqaruvi” mutaxassisligi böyiça qayta tayyorlaş kurslariga 60 nafar (şundan 24 ta grant, 36 ta kontrakt);
- işlab çiqarişdan ajralmagan holda “Davlat boşqaruvi” mutaxassisligi böyiça qayta tayyorlaş kurslariga 90 nafar (şundan 36 ta grant, 54 ta kontrakt).













