Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda eng yaxshi jurnalistga “Spark” berilishi an'anaga aylanadi
Bugun, 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Namanganda o‘tkazilgan tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, viloyatning barcha sohalardagi yutuqlarini axborot makonida keng yoritgan, bu borada eng katta auditoriyaga erishgan jurnalistga kelgusi yil 27 iyun kuni “Spark” avtomobili sovg‘a qilinishini ma'lum qildi. Bu rag‘batlantirish doimiy an'anaga aylanadigan bo‘ldi.

Viloyat ommaviy axborot vositalari xodimlari, noshirlar, matbaachilar, faxriy jurnalistlar hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbir Namangan shahridagi “Sherdor” tantanalar uyida o‘tkazildi.
Xayrullo Bozorov matbuotning va jurnalistlarning jamiyatimiz hayotida tutayotgan o‘rni hamda roliga keng to‘xtaldi. Viloyat ijodkorlarining axborot makonidagi faoliyatiga yuqori baho bergan viloyat hokimi axborot kurashi davri bo‘lgan bugungi kunda bosma nashrlar bilan birgalikda internet-jurnalistikasida hamda ijtimoiy tarmoqlarda ham faollikni yanada oshirish muhim ekanini, xolis va tezkor axborotga talab har qachongidan ham oshib ketganini ta'kidladi.

Bayramda bir guruh matbuot va OAV xodimlari, blogerlar viloyat hokimining faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, jamiyatimizda bo‘layotgan islohotlarni faol targ‘ib qilish, Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan “Gul bayrami” festivalini axborot makonida keng yoritish bo‘yicha joriy etilgan maxsus nominatsiyalarda ham g‘oliblarga diplom va sovg‘alar topshirildi.

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami katta konsert dasturi bilan yakunlandi.
Dilmurod Jumaboyev,
Kun.uz uchun maxsus.
Mavzuga oid
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
08:52 / 13.05.2026