Toshkent shahri hokimligi shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 25 iyundan 26 iyunga o‘tar kechasidagi kuzatuv davomida Alisher Navoiy shoh ko‘chasidagi «Turkiston» san'at saroyining old tomonida daraxtlar kesilayotgani ustidan chiqqani haqida «Daraxtlarni kesishga kim ruxsat berdi» sarlavhasi ostida xabar tarqatdi.

«Shahar hokimining kun tartibi tig‘iz. Shunga qaramay hokim har kuni kechki payt Toshkentni aylanib, poytaxt hayoti, muhitini o‘rganadi, kuzatadi. 

25 iyundan 26 iyunga o‘tar kechasidagi kuzatuv davomida Alisher Navoiy shoh ko‘chasidan o‘tar ekan, «Turkiston» san'at saroyining old tomonida daraxtlar kesilayotganiga guvoh bo‘ldi. 

Hokim ushbu noqonuniy harakat bo‘yicha izoh so‘raganida, «tabiat kushandalari» diametri 70-80 santimetr bo‘lgan 20ta daraxtni kesish uchun «Yagona oyna» davlat xizmatlari markazidan 61 ming so‘m evaziga ruxsat olishganini ma'lum qilishdi. Voqea joyiga tezlik bilan Yunusobod tuman hokimligi, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, IIBB va prokuratura mutasaddilari chaqirildi.

Ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushbu noqonuniy harakatga aloqador guruh qo‘lga olingan. Prokuratura nazoratida sog‘lom daraxtlarni kesish bo‘yicha aniqlangan holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijalari haqida qo‘shimcha ma'lumot beramiz», deyilgandi xabarda.

Davlat xizmatlari agentligi bu xabarga raddiya berdi. «Noqonuniy daraxt kesuvchilar ham shahar hokimligiga qarashli idora...mi?» sarlavhali raddiyada shahar hokimligi matbuot xizmatini xato ma'lumotlar tarqatishda ayblagan.

Raddiyada alohida qayd etilishicha, daraxt kesishga ruxsat beruvchi vakolatli organlar tuman (shahar) hokimliklari va hududiy ekologiya organlari hisoblanadi. Qolaversa, hokimlik matbuot xizmatida tilga olingan «Yagona oyna» nomli tashkilot mavjud emas.

«Davlat xizmatlari agentligi amaldagi qonunchilikka muvofiq yuzaga kelgan vaziyatga aniqlik kiritadi: