26 iyun kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi Özbekiston Respublikasining sobiq boş prokurori Raşid Qodirov (1952 y.t.) va boşqalarga oid (jami 13 nafar şaxs) jinoyat işi böyiça ayblov hukmini e'lon qildi.

Sud hukmi bilan, Raşid Qodirov Jinoyat kodeksining qator moddalarida közda tutilgan bir neçta oğir va öta oğir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi.

Raşid Qodirovga 10 yil ozodlikdan mahrum qiliş va eng kam oylik iş haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Ayrim ommaviy axborot vositalari va ularning öquvçilarida Raşid Qodirovga nima uçun jinoiy şeriklariga nisbatan yengilroq jazo tayinlangani borasida savol paydo böldi.

Şuningdek, mazkur iş ikki yillik sud jarayonidan söng 14 yilga ozodlikdan mahrum qiliş va eng kam oylik iş haqining 400 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan, xalq orasida “Ahmadboy” nomi bilan tanilgan Ahmad Tursunboyev işi bilan soliştirilgan. Qayd etiş joizki, A. Tursunboyev (1977 y. t.) va bir guruh şaxslar böyiça bölib ötgan işda yirik miqdordagi mablağlarini yöqotgan 12 mingga yaqin jabrlanuvçi qatnaşgan hamda sudlanuvçi qilmişiga yaraşa jazo olgan.

Raşid Qodirovga nisbatan tayinlangan jazoga qaytadigan bölsak, qayd etiş joizki, hukm çiqarilayotganida sud amaldagi qonunçilikka qat'iy rioya qilgan. Ya'ni Özbekiston Jinoyat kodeksining 50-moddasi 6-qismiga muvofiq “Ozodlikdan mahrum etişga hukm qilinayotgan ayollarga hamda oltmiş yoşdan oşgan erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati uşbu Kodeks Maxsus qismining tegişli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etiş eng köp muddatining uçdan ikki qismidan ortiq bölişi mumkin emas”.

Raşid Qodirovga hukm çiqarilayotgan vaqtda uning yoşi oltmişdan oşgan bölganligi uçun sudlanuvçiga nisbatan nima uçun bunday jazo tayinlanganligi oydinlaşadi. 

Ta'kidlab ötamanki, iş böyiça raislik qilgan sudya sud jarayoni iştirokçilariga hukm öqiyotganida qabul qilingan qaror mazmuni va ma'nosi, unga nisbatan şikoyat beriş muddati va tartibi batafsil tuşuntirilgan.

Şu bilan birga, şuni qayd etiş lozimki, sud hukmiga nisbatan faqatgina mazkur sud jarayoni iştirokçilari şikoyat beriş huquqiga ega.

Aziz Obidov,
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati vakili.