Internetda Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning şou-biznes olamining qator vakillariga qilgan murojaati paydo böldi. Unda san'atkor Gulnora Karimovaning ozod qilinişini yoqlab çiqqan şou-biznes vakillarini qoralab, ulardan közlarini oçişni söragan.
«Bir gapirişgandi, indamadim, lekin bu safar juda haddidan oşib ketişdi. San'atkorlarimiz judayam qattiq soğinib, yuraklari ezilib ketibdi. «Biz soğindik, qaçon çiqasiz» deyişibdi. Çiqadi, boşinglarga balo bölgani çiqadi, gap yöq! Yo judayam yaqindan tanirdinglarmi? Mendan sörasalaring böladi, yonlarida xizmatlariga çaqirsa, ertalabgaça uxlamay, pullarimni ololmay ötirgan kunlarim bölgan.
Qaçon közlaring oçiladi, musulmonlar?!
Sizlar bugun mikrofonni uşlab aşula aytyapsizlar, ertaga heç kim emassiz. Nega xalqning boşini aylantiryapsizlar? Gulnora Karimova?! Gulnora Karimovani davlat bilgan, tanigan, 1 milliardi taşqarida. 1 millard dollar, 1 milliard söm emas. Davlatning 1 tiyini ham xalqniki, Haqniki. Tuşundilaringmi? Hali bilmaganlar qança? Kim nima desa orqasidan ergaşib ketaveriş kerakmi, böldi qilinglar endi. Oldin siyosatçilar bizga tegardi, bugun sizlar nimaga tegyapsizlar? U pulni kim qaytaradi, u xalqning puli, saniki bilan maniki emas-ku? U davlatning puli (stolni muştlab).
Şunça beva-beçoralarga uylar berildi, yordam körsatildi. Qaçon şunaqa bölgandi? Nima uçun bu pulni söramasligimiz kerak, söraymiz. Men öşa pullar qaytib kelişi tarafdoriman.
Xalqning puli xalqqa qaytsin. U pulga bilasizlarmi nimalar qilsa bölardi, boğçalar, oilasini zörğa tebratayotganlar bor. Mayli-da, orzu-havasda yurganlar bor, oylikdan oylikkaça zörğa yaşaydiganlar bor. Ota-onasi işga ketib, ölib ketganlar qança, öşalarga pul kerak, yetim-yesirga kerak, boğça kerak, maktab kerak, bilim kerak, kitob kerak. Ha bu qayerdan keladi, aytinglar-çi? Siz öğirlab qoçsangiz, men qaysi öğrini soğinişim kerak? Öğri-yu u! Yiğiştiringlar bunaqa xom-xatala gaplarni. Ijodni qilinglar, mikrofonni tuzukroq olib, aşula aytişni örganinglar. Bugun sizlarning kamçiliklaringizni aytmayotgan bölsak, bu haddilaringdan oşiş kerak deganimas.
Siyosatçilar bizga tegardi, biz xafa bölib intervyu berardik, bugun siyosatçilar tegmayapti bizga, nega sizlar tegyapsizlar siyosatçilarga? Şunga aççiğim kelyapti. Boşidan suv tommagan odam bilmaydi-da, nimaligini.













