Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi matbuot xizmati Gulnora Karimovaning aktivlarining qaytarilişi borasidagi ma'lumotlarni izohlamaydi.

23 iyun kuni Gulnora Karimovaning qizi, Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimovning nevarasi Imon Karimova özining Instagram ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida onasi tomonidan yöllangan murojaatni e'lon qilgaç, bu mavzu ijtimoiy tarmoqlarda yana kun tartibiga çiqdi.

«Prokuratura şu paytgaça davlat tomonidan ekspropriatsiya (mol-mulklarning majburiy tarzda davlat ixtiyoriga ötkazilişi —tahr.) qilingan vositalarning miqdorini aniq sanay olmasligini bildirayotgan bölsa-da, men protokol uçun e'lon qilişim kerakki, şu paytgaça Özbekiston hududidagi faqatgina menga tegişli bölgan, 1,2 milliard dollar miqdoridagi aktivlar mening egaligimdan çiqib, ayni paytda respublika budjeti uçun işlayotgani bir neça mahalliy suriştiruvlar bilan tasdiqlangan», — deyilgandi Gulnora Karimovaning murojaatida.

Gulnora Karimova şuningdek, Özbekiston huquqni muhofaza qiluvçi organlari bilan hamkorlik qilişni boşlaganini bildirgandi.

Mazkur holat yuzasidan Boş prokuratura matbuot xizmati Gulnora Karimovaning aktivlari qaytarilişi haqidagi ma'lumotlarni izohlamasligini bildirdi.

«Boş prokuratura Gulnora Karimovaning qarindoşlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan bildiriş va xulosalarni izohlaşga, munosabat bildirişga majbur emas. Albatta, bunga ularning töliq haqi bor, lekin menga ma'lum bölişiça, ayni paytda u tomonidan qilingan rasmiy murojaat faqat Ombudsman bilan uçraşuvda aks etgan», — dedi matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova Kun.uz’ga bergan izohida.

23 iyun kuni Özbekiston parlamenti qoşidagi inson huquqlari böyiça vakil Uluğbek Muhammadiyev Zangiota tumanidagi №21-sonli jazoni ijro etiş muassasasiga taşrif buyurib, Gulnora Karimova bilan uçraşgan, uning soğliği qoniqarli ekani bildirilgan edi. Biroq ombudsman aktivlar qaytarilişi haqida heç narsa demagan.

Mustaqil manbalarning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Gulnora Karimova tomonidan qaytarilgani da'vo qilinayotgan 1,2 milliard dollarlik aktivlar haqidagi ma'lumotlar öz tasdiğini topmagan va haqiqatga töğri kelmaydi.