Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy brifing vaqtida Ukraina taşqi işlar vazirligi Rossiyaning Kerç böğozida qölga olingan ukrain dengizçilari töğrisidagi notasiga javobni u bilan kelişmagan holda yöllaganini aytdi.
Uning sözlariga köra, Ukraina prezidenti vazirlik faoliyati töğrisida «internet orqali, aniqroği, «Ukrainskaya pravda»dan biladi».
«Men Rossiyaning dengizçilarimizni qaytariş töğrisidagi notasi va bizning taşqi işlar vazirligi yöllagan javob notasi haqida gapiryapman. Sizlarga nimalar bölayotganini oddiy, yuridik bölmagan tilda tuşuntiraman. Men, Ukraina prezidenti, sizlarning Rossiya Federatsiyasiga bergan javob notangizni körganim yöq, çunki janob Klimkin bunday masalalarni Ukraina prezidenti bilan muhokama qilişning hojati yöq deb hisoblaydi», — dedi Zelenskiy.
Zelenskiyning sözlariga köra, Pavel Klimkinning vazirligi dengizçilarning ozod qilinişini tahdid ostiga qöyadi.
«Men taşqi işlar vazirligi endi öz harakatlarini siz, hurmatli jurnalistlarga tuşuntirişini istayman, men esa sizlar orqali, ehtimol «Ukrainskaya pravda» orqali ularning javobini bilib olarman», — dedi Ukraina prezidenti.

















