Feyk axborotlar jamiyat xavfsizligiga qançalik tahdid soladi? Feyklarga qarşi qonun mexanizmlarini işlab çiqiş kerakmi? Bu xususida Adliya vazirligining «Media savodxonlik va fake news: huquq va mas'uliyat çegarasi» mavzusidagi seminarida söz bordi.
Feyk ─ (ing. tilidan) soxta, qalbaki degan ma'nolarni anglatadi. Haqiqatga juda öxşab ketadigan yolğon xabarlar, maxsus dasturlar orqali özgartirilgan fotosuratlar, montaj qilingan videoroliklar, ijtimoiy tarmoqlarda boşqa şaxslar (odatda maşhur insonlar) nomidan oçilgan yolğon akkauntlar feyklarga misol böla oladi.
Seminarda ta'kidlanişiça, feyk tuşunçasining paydo bölganiga hali köp bölgani yöq, lekin yolğon, soxta axborot jamiyat uçun xavf tuğdiradi. Misol uçun, 1993 yili Ruandadagi genotsid aynan mahalliy radio orqali tarqatilgan yolğon xabar ortidan boşlangan. 2018 yili Hindistonda WhatsApp messenjeri orqali tarqatilgan feyk suratlar sababli 25 kişi omma tomonidan öldirilgan.
Şu nuqtai nazardan, ommaviy axborot vositalarining soni va rang-barangligi ortib borayotgan, oçiq platforma hisoblangan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvçilarning soni oşib borayotgan bir paytda feyklarga qarşi qonun hujjati zarurati muhokama qilindi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Innovatsion rivojlaniş, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qömitasi rahbari Ilhom Abdullayevning ta'kidlaşiça, feyk axborotlarning tarqalişini nazorat qiliş, buning uçun javobgarlik, soxta axborotning professionallar emas, fuqarolar tomonidan tarqatilişidagi holatlar qonunda aniq körsatilişi lozim.
«Özini professional deb hisoblaydigan jurnalistlar uzatayotgan har bir axborotining aniqligi va haqqoniyligini tekşirişi lozim. Bu «Jurnalistik faoliyatni himoya qiliş töğrisida» gi qonunda ham körsatilgan.Feyk axborot muayyan bir şaxsga yönaltirilgan bölsa, u odam sudga da'vo qilişi, öz nomini oqlab olişi mumkin. Lekin feyk butun boşli bir qatlamning şa'nini bulğaydigan, tartibsizlik keltirib çiqaradigan xabar bölsa-çi? Ular uçun adolatni kim qaror toptiradi?» ─ deya ta'kidlaydi Abdullayev.
Tadbir davomida ta'kidlanişiça, feyklarga qarşi qonuniy kuraş amaliyoti bir qança xorijiy davlatlarda ham mavjud. Xususan, 2018 yilda Malayziyada soxta va yolğon axborotning muallifi, şuningdek, bu axborotni tarqatgan, repost qilganlarga ham qarşi jazo qöllaş haqida qonun qabul qilingan. Keniyada feyk xabarlarni tarqatiş jinoyat bilan tenglaştirilgan. Qatarda 2014 yilda qabul qilingan qonunga asosan davlat va jamiyat xavfsizligiga tahdid qiluvçi soxta axborotlarni tarqatiş holatlariga 3 yillik qamoq jazosi yoki 137 ming AQş dollari miqdorida jarima belgilangan. Fransiyada ham saylov va saylovoldi kampaniyasi davrida feyk axborotni tarqatişni taqiqlovçi qonun hujjati işlaydi. Germaniya Parlamenti qabul qilgan qonunga köra, 2 milliondan ortiq foydalanuvçiga ega bölgan ijtimoiy tarmoqlar kontentda paydo bölgan soxta axborotni bir sutka içida öçirib taşlaşi şart.













