Rossiyaning Rostov viloyatida yaşovçi 72 yoşli ayol harbiylar haqida yolğon xabarlar tarqatganlikda ayblanib qamalgan. Bu haqda Kommersant’ naşri xabar bermoqda.

Şaxtinsk şahar sudi Yevgeniya Mayboroda ism-şarifli 72 yoşli ayolni VKontakte ijtimoiy tarmoğida ulaşgan ikkita post uçun beş yarim yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Ayol siyosiy nafrat va ommaviy tarzda ekstremizmga çaqiriqlar bilan Rossiya armiyasi haqida soxta ma’lumotlar tarqatişda aybdor deb topilgan.

Mayboroda ijtimoiy tarmoqda ulaşgan postlarning birida Ukrainadagi uruşda halok bölgan rossiyalik harbiylar soni haqida ma’lumotlar bölgan. Ikkinçisida u uruş tezroq tugaşini va Ukraina tezroq oyoqqa turişini xohlaşini yozgan.

Ayol aybiga qisman iqror bölgan. Biroq ayblovning siyosiy xarakterda bölganiga e’tiroz bildirgan. U xatti-harakatini Ukrainadagi akasi Rossiya tomonidan otilgan snaryad tufayli halok bölgani bilan izohlagan.

Ma’lum bölişiça, ayol oxirgi postini 2023 yil 8 mart kuni yozgan. 22 mart kuni ayolni avvaliga uç sutka, söng tört sutkaga qamaşgan. 40 ming rubl jarimaga tortişgan.

Oradan bir oy ötgaç, 2023 yil 28 aprel kuni ayolga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, u qamoqqa olingan. Davlat qoralovçisi keksa ayolga 6 yil qamoq jazosi söragan. Sud uni 5 yarim yilga ozodlikdan mahrum etgan.