28 iyun kuni soat 12:05da Jizzax şahri, Navröz mahallasi hududidagi «Istiqlol» bolalar boğida «Uçar likopça» attraksioni tutqiçi sinib, yerga qulagan. Baxsiz hodisa oqibatida bir qiz fojiaviy tarzda hayotdan köz yumgan.

Jizzax viloyati IIB Axborot multimedia guruhining Kun.uz muxbiriga xabar berişiça , 1999 yilda tuğilgan M.H Jizzax viloyati, Şarof Raşidov tumani, «Söloqli» mahallasida yaşagan.

M.H.ning ölimiga esa yerga yiqiliş ortidan olingan tan jarohati sabab bölgan. Mazkur holat böyiça suriştiruv Jizzax şahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Guvohlarning sözlariga köra, attraksionga turli yoşda bölgan 8 kişi çiqqan. Oğir ahvoldagi qizni tez tibbiy yordam maşinasini kutmasdan kasalxonaga olib ketişgan. Afsuski, qiz kasalxonaga yetmay yölda jon bergan.