Kun.uz saytida joriy yil 4 iyun kuni «Ğijduvonlik tadbirkor xorijlik hamkordan ayrildi va katta miqdorda jarima töladi. Soliq idoralari aybdormi?» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.

Jurnalistik suriştiruvda Buxoro viloyati, Ğijduvon tumanidagi «Jamşid trans yöl» MÇJ rahbari O.Atoyevning soliq idoralarining noqonuniy xatti-harakatlari tufayli katta zarar körgani, adolat topolmayotgani, uşbu masala bir neça bor turli sudlarda körilgani, tadbirkor haqligi yoritilgan edi.

Ma'lum bölişiça MÇJ hisob raqami noqonuniy yopib qöyilgani uçun tadbirkor katta zarar körgan va xorijlik hamkoridan ham ayrilgan.

Tadbirkor O.Atoyev soliq idoralarining mansabdor şaxslari noqonuniy xatti-harakatlariga qonuniy çora körilişi, yetkazilgan zarar undirib berilişini istamoqda.

Uşbu iş 2019 yil 17 iyun kuni Vobkent tuman ma'muriy sud tomonidan körib çiqildi. Sud Ğijduvon tuman davlat soliq inspeksiyasi boşliği I.Hojiyevning harakatlarida Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 192-3-moddasi 3-qismining «a» bandida körsatilgan (Tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisob varaqlari böyiça operatsiyalarini qonunga xilof ravişda töxtatib turiş) jinoyat alomatlari bor, degan xulosaga kelgan. Sud şu sababli ma'muriy iş hujjatlarini Ğijduvon tuman prokuraturasiga yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Ğijduvon tuman prokurori Ş.Şodiyev bilan suhbatlaşdik. Tuman prokurorini ma'lum qilişiça, «Jamşid trans yöl» MÇJ hisob varaqlari operatsiyalari qonunga xilof ravişda töxtatib qöyilgani holati yuzasidan qöşimça tergovga qadar tekşiruv olib borilgan. Tekşiruv natijalariga köra, Ğijduvon tuman DSI mansabdor şaxslariga nisbatan 2019 yil 29 iyunda jinoiy iş qözğatilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tadbirkor O.Atoyev tomonidan asossiz deyilayotgan «Jamşid trans yöl» MÇJga nisbatan hisoblangan 793 million 424 ming 800 söm soliq qarzi böyiça nizo davom etmoqda.