30 iyun – Yoşlar kuni munosabati bilan Koson tumani hokimligi va Yoşlar ittifoqi tuman kengaşi hamkorligi bir qator tadbirlar ötkazildi.
Jumladan, «Keksa, ziyoli ijodkorlar yoşlar tarbiyasiga mas'ul» şiori ostida tumandagi 50 nafar keksa ziyolilar va yoş ijodkorlarning tuman hokimi bilan uçraşuvi taşkil etildi. Uçraşuvda ijodkorlarga esdalik sovğalari berildi. Şundan söng tumandagi «Kosondon» korxonasi, «Közmunçoq» nodavlat maktabgaça ta'lim muassasasi va «Suv havzasi» hamda «Qusam ota» ziyoratgohiga sayohati uyuştirildi.




Şuningdek, 30 yoşgaça bölgan 15 nafar nogironligi bölgan fuqarolarga nogironlar aravaçasi berilib, 89 nafar uyda ta'lim olayotgan imkoniyati çeklangan bolalarga öquv qurollari ulaşildi. 38 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, çin yetim bolalarga «Beruniy» oromgohiga bepul yöllanmalar berildi.
Tadbirlar doirasida suziş, şaxmat va futbol musobaqalari taşkil etildi. Musobaqalarda mingdan ortiq yoşlar iştirok etdi. Bayram munosabati bilan tumandagi «Bunyodkor» öyingohida «Gala konsert şou» ötkazildi.





Bundan taşqari, tuman maktabgaça ta'lim bölimi va Yoşlar ittifoqi tuman kengaşi hamkorligi Prezidentning 5 ta muhim taşabbusi ijrosini ta'minlaş maqsadida 39 ta maktabgaça ta'lim muassasalari xodimlari örtasida «5x5 muvaffaqiyat sari» şiori ostida tadbir ötkazildi. Tadbir iştirokçilariga tuman hokimligi va viloyat maktabgaça ta'lim bölimining esdalik sovğalari topşirildi.





















