Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda 11 nafar o‘zbekistonlik YTHga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Mamlakatimizning Aktau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra 29 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:15da “Samara-Chimkent” trassasining 896-km.da 3 avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Avtomobillarning ikkitasida 11 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. YTH oqibatida hamyurtimiz M.A. vafot etdi.
TIV konsullik-huquqiy departamenti axborotiga ko‘ra, Sadafxon Yunusova va Oybek Mo‘minjonov jarohat olgan va Aqto‘be viloyati Xromtau tumanidagi kasalxonaga joylashtirilgan. Olingan ma'lumotlarga ko‘ra ularning sog‘liklari holati barqaror.
8 nafar hamyurtimiz ayni paytda Xromtau shahridagi “Sherxan” kempingida bo‘lib turibdi. YTH bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
Bosh konsulxona tomonidan vaziyat nazoratga olingan hamda Aqto‘be viloyati Xromtau tumanining tegishli organlari bilan tezkor aloqa o‘rnatilgan.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildiradi hamda Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari hududida bo‘lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-29-277-71-17 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.
Mavzuga oid
14:55
Sirdaryo va Jizzaxda YHX patrul avtomobillari piyodalarni urib yubordi. Bir kishi vafot etdi
12:19 / 30.12.2025
Sirdaryoda mashina kanalga tushib ketishi oqibatida 4 yigit halok bo‘ldi
21:11 / 29.12.2025
Yo‘llardagi hayot narxi: O‘zbekistonda yo‘l-transport xavfsizligi haqiqatan yaxshilanyaptimi?
20:13 / 29.12.2025