Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh o‘z fuqarolarini Atamboyevning qarorgohi joylashgan hududga bormay turishga chaqirdi
Davlat departamenti AQSh fuqarolarini Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning qarorgohi joylashgan hududlarga borishdan saqlanishga chaqirdi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning Qirg‘izistondagi elchixonasi xabar qildi.
"Qirg‘iziston matbuotining xabar berishicha, sobiq prezident Atamboyevning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi qarorgohida ko‘psonli kishilarni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Davlat departamenti bu Qo‘y-Tosh hududida tartibsizliklarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantiradi", - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, AQSh fuqarolariga suv omboridan janubdagi hududlarga: Ko‘k-Jar va Cho‘n-Tosh qishloqlariga bormaslik yoki ular orqali o‘tmaslik tavsiya qilinadi.
"AQSh hukumati xodimlariga bu hududlarga borish taqiqlanadi", - deyiladi xabarda.
May oyida Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov sobiq prezidentlarni daxlsizlikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, sobiq davlat rahbari vakolati tugagach yoki hukumatdan chetlashtirilganidan so‘ng ayrim hollarda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Atamboyevga qarshi ayblovlarni maxsus deputatlar komissiyasi ilgari surdi.
Parlamentchilarning fikricha, Atamboyev jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Issiqko‘l va Chuy viloyatlarida yerlarning noqonuniy o‘zlashtirilishi, daromadlarni yashirish, Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va unga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishiga aloqador.
Bosh prokuratura ayblovlarning bir qismini qo‘llab-quvvatladi.
Atamboyevning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uyi oldida uning yuzlab tarafdorlari to‘planmoqda.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026