SFI Management Group Farg‘ona vodiysida ikkita kompaniya tashkil etadi

Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona vodiysida tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan “SFI Management Group” XK MChJ, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklarining “SFI Management Group” XK MChJ tomonidan boshqa investorlar bilan birgalikda:
asosan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida boshqaruv kompaniyasi tomonidan jalb qilingan malakali investorlarning pul mablag‘larini keyinchalik sanoat tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish sohalari, infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli biznes-loyihalarga, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlarining aylanma kapitalini moliyalashtirishga sarflash uchun shakllantirish va jamlash faoliyatini amalga oshiradigan “Vodiy Investmens” investitsiya kompaniyasini;
investitsiya kompaniyasining investitsiya qo‘yilmalarini boshqaradigan, shuningdek, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda moliyalashtirish uchun istiqbolli biznes loyihalarni topadigan hamda shu jumladan, mustaqil maslahatchilarni jalb qilish orqali baholaydigan “Vodiy Investmens Management” boshqaruv kompaniyasini ta'sis etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Ma'lumot berilishicha:
investitsiya va boshqaruv kompaniyalari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi;
investitsiya kompaniyasining ta'sischilari va malakali investorlari soni cheklanmaydi;
investitsiya kompaniyasi, boshqaruv kompaniyasi va malakali investorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar faqat shartnoma asosida tartibga solinadi, uning shartlarini tomonlar mustaqil belgilaydi;
investitsiya kompaniyasi xo‘jalik sub'yektlari ustav kapitalidagi ulushlarni va qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish, investitsiya kompaniyasining xo‘jalik sub'yektlari ustav kapitalidagi ulushlarini mamlakatimiz va xorijiy investorlarga sotish, ko‘chmas mulk va boshqa aktivlarni sotib olish orqali, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa shakllarda investitsiya kiritish huquqiga ega.
“SFI Management Group” XK MChJga investitsiya va boshqaruv kompaniyalari bir oy muddatda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta'minlash tavsiya etildi.
“SFI Management Group” XK MChJ, "Olmaliq KMK” AJ va “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruv organlarining o‘z mablag‘lari hisobidan investitsiya kompaniyasiga boshlang‘ich investitsiya qo‘yilmalarini yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yili milliarder Alisher Usmonov ko‘magi bilan jahon miqyosidagi metallurgiya klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish borasida tajribaga ega chet el kompaniyasi — SFI Management Group jalb etildi. U O‘zbekiston metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Toshkent metallurgiya zavodining ishonchli boshqaruvchisi sanaladi. Bundan tashqari, «Paxtakor» futbol klubi ustav kapitalining 80 foizi SFI Management Group’ga tegishli.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 01:01
-
Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushida Bayden, Zelenskiy va Putinni aybladi
Jahon | 00:35
-
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi
Jahon | 00:15
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
Mavzuga oid

11:06 / 11.04.2025
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida "Farg‘ona vodiysining oltin sayyohlik halqasi" yaratiladi

21:37 / 04.07.2023
TMZ bankrotlik yoqasida. Ofshordagi kompaniyalar loyihani tark etdi

17:29 / 04.07.2023
O‘zbekistonga chegaradosh go‘zal maskan – Olabuqa manzaralari

17:43 / 01.06.2023