Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatida intensiv texnologiyalarga asoslangan bog‘ va tokzorlar barpo etish loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Farg‘ona viloyati hokimligi hamda loyihani amalga oshirishda qatnashadigan mahalliy operatorning:

2019-2020-yillarda Farg‘ona viloyatning O‘zbekiston, Oltiariq, Quva tumanlarida, shuningdek, Quvasoy shahrida 2000 gektar yer maydonida dastlabki qiymati 38,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan intensiv texnologiyalarga asoslangan, eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari joylashtirilgan bog‘ va tokzorlarni tajriba tariqasida aksiyadorlik jamiyati orqali barpo etish;

loyihani amalga oshirish uchun Farg‘ona shahrida aksiyadorlik jamiyati shaklidagi tadbirkorlik sub'yektini ta'sis etish;

aksiyadorlik jamiyati Ustav kapitalini – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga – 1%, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligiga – 6 %, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga – 6%, Farg‘ona viloyati hokimligiga – 2%, “Green control” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga – 10 % hamda xususiy investorlarga – 75 % miqdorida taqsimlash to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi aksiyadorlik jamiyatini ta'sis etish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarda jamiyat muassislariga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Farg‘ona viloyati hokimligi loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yer maydonlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratilishini ta'minlaydi.

Belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligining aksiyadorlik jamiyatining Ustav kapitalidagi ulushlari: