Hindiston axborot texnologiyalari sohasida ancha ilg‘or mamlakat hisoblanadi. Ayni vaqtda IT-industriyaning mamlakat YaIMdagi ulushi 7,7 foizni tashkil qiladi. AKT yo‘nalishida mamlakatning 4 millionga (Hindiston fuqarolari esa 1 milliarddan oshgan) yaqin fuqaro mehnat qiladi va o‘tgan yili shu sohaning o‘zidan 185 mlrd.AQSh dollari miqdorida daromad kelgan.

Qizig‘i shundaki, sohaga e'tibor atigi 25-30 yil ilgari boshlangan. Qisqa muddat ichida bunday muvaffaqiyatga erishish imkonsiz emas.

Hindiston tajribasini o‘rgangan holda, O‘zbekistonda ham axborot kommunikatsiyalarini rivojlantirish tomon dadil qadamlar ko‘zga tashlanyapti. Jumladan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Toshkentda dastlabki IT-Park tashkil qilindi. Hindistonda shu kabi IT-Parklarni birlashtirgan STPI (Software Technology Parks of India) Hindiston dasturiy mahsulotlari va texnologiya parklari uyushmasidan taklif qilingan yetakchi mutaxassis Jayaram Partasarti loyihaga boshchilik qilmoqda. Ekspert texnopark faoliyati xususida gapirdi.

IT-Park qachon tashkil topdi va uning maqsadi nima?

2019 yil yanvar oyida o‘z faoliyatini boshlagan IT-Park innovatsion g‘oyalarni realizatsiya qilish, bu bo‘yicha mutaxassislar yetishtirish, umuman olganda, axborot kommunikatsiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish orqali O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan. Shuningdek, IT-Park o‘z faoliyati bilan axborot texnologiyalari sohasiga aloqador bo‘lgan startaplarni g‘oya ko‘rinishidan to prototip ko‘rinishiga qadar olib kelishga ko‘maklashadi. Eng katta maqsad - O‘zbekistonda axborot texnologiyalari yunalishida startap loyihalari uchun eko-muhitni rivojlantirishdir.

IT-Park tarkibi qanday tuzilgan?

·        Inkubatsiya va akseleratsiya​ (incubation and acceleration programs) dasturlari;

·        davlat jamg‘armalari hisobidan shakllantirilgan venchur moliyalashtirish va xususiy investorlar;

·        IT-mutaxassislarni tayyorlovchi IT-akademiya;

·        zamonaviy, qulay kovorking maydonlari va ofislari;

·        buxgalteriya va marketing xizmatlari;

·        Inkubatsiya (incubation)