Jahon | 16:28 / 05.07.2019
7488
2 daqiqa o‘qiladi

Belarus prezidentining sobiq yordamchisi pora olgani uchun 12 yilga qamaldi va bor mol-mulki musodara qilindi

Foto: grodnonews.by

Belarus prezidentining sobiq yordamchisi, Grodno oblasti bo‘yicha sobiq inspektor Sergey Rovneyko 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi va barcha mol-mulki musodara qilindi. Bu haqda respublika oliy sudi matbuot xizmati vakili Anastasiya Shilvyan ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sud qarori bilan Rovneyko tashkiliy-buyruq majburiyatlari bilan bog‘liq lavozimlarni egallash huquqidan ham mahrum etildi. U jazoni kuchaytirilgan rejimdagi axloq tuzatish koloniyasida o‘taydi.

Rovneyko 2018 yil mayida 200 ming dollar pora olayotganida ushlangandi. Davlat xavfsizlik qo‘mitasining ma'lumot berishicha, u bir necha marta “o‘z vakolati doirasidagi muammolarni hal qilib berish” uchun biznes va tijorat vakillaridan bir necha marta pora olgan. 

Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko sobiq yordamchisining qo‘lga olinishini izohlar ekan, Rovneyko o‘zini “haqiqiy banditdek” tutganini aytgandi.

Mavzuga oid