Buxorodagi markaziy dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi
2019 yil 5 iyul kuni soat 06:00larda Buxoro shahar Ibn Sino ko‘chasidagi Markaziy Dehqon bozori hududidagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida Buxoro viloyati YoXB Kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, birinchi bo‘linmalar soat 06:05da voqea joyiga yetib borganida savdo do‘konlarining tom qismidan quyuq tutun aralash alanga chiqib yonayotganligi ma'lum bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 06:12da qurshab olinib, 07:00da batamom o‘chirilgan. Yong‘inga jami 4 ta yong‘in o‘chirish avtoekipajlari jalb etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘in oqibatida tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan savdo do‘konlarining 60 kv.metr maydonida tom qurilish konstruksiyalari va ichida bo‘lgan savdo mahsulotlari qisman yonib zararlangan. Amalga oshirilgan tezkor harakatlar natijasida savdo do‘konlarining 560 kv.metr maydoni saqlab qolinishiga erishilgan.
Yong‘inning kelib chiqish sababi elektr simlarida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasi, deb gumon qilindi. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 18.11.2024
Xitoy Buxoroda "yashil" sanoat parkini barpo etadi
07:54 / 18.11.2024
Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
09:52 / 15.11.2024
O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshdi
12:10 / 13.11.2024