Ichki ishlar vazirligining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari Milliy gvardiya tarkibiga o‘tkazildi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasn Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmatining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjatga muvofiq, Ichki ishlar vazirligining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari Milliy gvardiya tarkibiga o‘tkazildi.
Qaror bilan, davlat obektlari, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlashni tashkil etish, shuningdek, davlat qo‘riqlash tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish Milliy gvardiya zimmasiga yuklatildi.
Quyidagilar Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
davlat obektlari, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini shartnoma asosida qo‘riqlashni tashkil etish;
davlat qo‘riqlash tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish, qo‘riqlash bo‘linmalarida nazorat tekshiruvlarini o‘tkazish, idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari obektlarida ichki rejim va ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish;
qo‘riqlanayotgan obektlarda ichki rejim, ruxsat berish rejimlari va mol- mulkni qo‘riqlashni, jamoat tartibini saqlashni hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etishga ko‘maklashishni ta'minlash;
qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etish, qo‘riqlash vositalari va tizimlarini qo‘llash sohasida yagona texnik siyosatni hamda ulardan foydalanish bo‘yicha samarali nazoratni amalga oshirish.
Hujjatda aytilishicha, Milliy gvardiya tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘riqlash xizmatlarining tariflari (narxlari) davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari uchun - Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, boshqa tashkilotlar uchun - Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan mustaqil belgilanadi.
Mavzuga oid
17:05 / 14.08.2024
«Andijon» futbolchisi Milliy gvardiya xodimini urdi
21:09 / 25.07.2024
Farg‘ona buyum bozorida tadbirkorlar va ma’muriyat o‘rtasida nizo kelib chiqdi
13:15 / 14.05.2024
Farg‘onada maktab o‘quvchisiga shapaloq tushirgan Milliy gvardiya xodimi ishdan chetlatildi
09:20 / 04.04.2024