Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda FVV xodimlari tomonidan 24 kishi qutqarildi
2019 yilning 4 iyul kuni soat 10:05da Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik xizmatiga telefon orqali Toyloq tumani “Zarafshon” mahallasi “Mirzapolvon” qishlog‘ida yashovchi fuqaro H.A. murojaat qilib yordam so‘ragan. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 3 iyul kuni Zarafshon mahallasi Mirzapolvon qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi qismida joylashgan, o‘zlashtirilgan yer maydonida dehqonchilik qilish uchun orolchaga 24 nafar mahalliy fuqaro daryoni kechib o‘tishgan. Ammo, suv sathi ko‘tarilganligi tufayli oroldan yashash punktiga qaytish imkoni bo‘lmagan.
Mazkur holat bo‘yicha, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida jami 4 nafar harbiy xizmatchi va 6 nafar qutqaruvchi zudlik bilan belgilangan hududga yetib borishdi.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, orolchada qolib ketgan 24 nafar fuqaro tan jarohatisiz maxsus kichik hajmli kemada qirg‘oqqa olib o‘tildi.
Mavzuga oid
08:46 / 18.05.2026
Qamchiqda tog‘da adashgan 7 nafar fuqaro qutqarib qolindi
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:45 / 14.05.2026
Samarqand 2045 yilgacha ikki baravar kengayadi
07:23 / 05.05.2026