O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga konsullik xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 2019 yilning 1 iyul sanasidan O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi konsullik bo‘limi negizida yetti kanalli Call-center ishga tushirildi.

Call-center orqali O‘zbekiston fuqarolari avtomatik tarzda o‘zbek va rus tillarida konsullik-huquqiy sohasiga doir axborotlarni (Rossiyaning turli hududlaridagi konsullik muassasalarining manzili, ish tartibi va hududiy taqsimoti, ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda har bir xizmat uchun zarur bo‘lgan hujjatlar) olish imkoniga egalar.

Yuzaga keladigan savollarni aniqlashtirish uchun operator bilan bog‘lanish imkoniyati mavjud. Avtomatik javob berish tizimi qo‘ng‘iroq qilayotgan shaxsga ma'lumot olish yoki operator bilan bog‘lanish uchun harakatlar ketma-ketligini tushuntiradi. Shuningdek, operatorlar yaqin muddatda javob berishi mumkinligi va murojaat qiluvchining kutish navbati ham aytiladi. Ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini nazorat qilish maqsadida barcha qo‘ng‘iroqlar yozib olinadi.

Call-center raqamlari:

+7 499 2300076, +7 499 2383620.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasi konsullik bo‘limi konsullik okrugiga Rossiya Federatsiyasi Markaziy federal okrugi (Belgorod oblasti, Bryansk oblasti, Ivanovo oblasti, Kaluga oblasti, Kostroma oblasti, Kursk oblasti, Lipetsk oblasti, Moskva oblasti, Moskva shahri, Oryol oblasti, Ryazan oblasti, Smolensk oblasti, Tambov oblasti, Tver oblasti, Tula oblasti, Vladimir oblasti, Voronej oblasti, Yaroslav oblasti) kirishi eslatib o‘tilgan.

- O‘zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasi (Uzoq Sharqiy federal okrug):

690003, Vladivostok shahri, Verxneportovaya ko‘chasi, 46-uy. e-mail: [email protected], tel.: +74232604808, +74232604800;

- O‘zbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi (Ural federal okrugi):

620075, Yekaterinburg shahri, Karl Libknext ko‘chasi, 22-uy, 6-qavat. e-mail: [email protected], tel.: + 7 (343) 2723133; +7 965 5194222 faks: + 7 (343) 2723166

- O‘zbekiston Respublikasining