Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov 11 sentabr kuni «Belarus» yuqori texnologiyalar parkining Kuzatuv kengaşi raisi Vsevolod Yançevskiy boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining Belarus Respublikasiga joriy yilning 31 iyul-1 avgust kunlari amalga oşirgan rasmiy taşrifi doirasida Şavkat Mirziyoyev «Belarus» yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanişib, texnologik hamkorlikni mustahkamlaş, kadrlar tayyorlaş va tajriba almaşiş böyiça aloqalarni kengaytiriş yuzasidan taklif ilgari surgandi.

Foto: Innovatsion rivojlaniş vazirligi matbuot xizmati

2005 yilda taşkil etilgan «Belarus» yuqori texnologiyalar parki Markaziy va Şarqiy Yevropadagi eng yirik AT-klasterlarlaridan biri bölib, axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarga imtiyozlar va imkoniyatlar beruvçi majmua hisoblanadi. Uni taşkil etişdan maqsad esa mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoşligini oşirişdir.

I. Abdurahmonov Davlat rahbarining mazkur texnopark rezidentlari tajribasini yurtimizda tatbiq qiliş taşabbuslarini bajariş muhimligini ta'kidladi.

Foto: Innovatsion rivojlaniş vazirligi matbuot xizmati

– Belarusciyaning texnoparklar, inkubatorlar, startap loyihalarini amalga oşiriş tajribasi Özbekiston uçun örnakdir, – dedi vazir. – Hamkorlikda yuqori texnologiyalariga asoslangan qöşma startap loyihalarni amalga oşiriş yurtimiz startap ekotizimini yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladi.

Ta'kidlaş joizki, «Belarus» yuqori texnologiyalar parki rezidentlarimiz axborot-kommunikatsion texnologiyalarni eksport qiluvçi, mahalliy yoki xorijdan yangi investitsiyalarni jalb qiluvçi, yangi texnologiyalar va innovatsiyalar yaratuvçi, kiçik va istiqbolli loyihalarni rivojlantiruvçi, innovatsion muhit şakllanişiga hissa qöşuvçi kompaniyalardan iboratdir.

V. Yançevskiy yurtimizda ta'limga va innovatsion rivojlanişga alohida ahamiyat qaratilayotganiga yuqori baho berdi.