Apple hamasosçisi Stiv Voznyak barçaga öz ma'lumotlarining sir saqlanişi uçun Facebook ijtimoiy tarmoğidan voz keçişni tavsiya qilmoqda. Uning ta'kidlaşiça, ba'zi odamlar Facebook’ni qöllaş beradigan ma'lum ustunliklar evaziga öz ma'lumotlarini yöqotişdan qörqmaydilar. “Biroq menga öxşaş odamlarga, umuman aksariyat odamlarga maslahatim şuki, siz Facebook’dan xalos bölişning yölini topişingiz lozim”, deb aytgan Voznyak.
U yirik texnologik kompaniyalar foydalanuvçilarning şaxsiy hayotiga kirib borayotganidan xavotir bildirgan. “Endi ular lazerlar yordamida yuragingiz urişini ölçaşlari, köplab qurilmalar yordamida sizni tinglaşlari mumkin. Kim biladi, balki mening telefonim ham hozirning özida tinglanayotgan bölişi mumkindir”, deb qöşimça qilgan Voznyak.
“Şu sababli men xavotirlanmoqdaman, çunki barçamizda sir bölib qolişi, birov eşitmasligi kerak bölgan suhbatlar bor”, deb aytgan Voznyak va uning ma'lumotlari maxfiy bölib qolişi va reklama beruvçilar qöliga tuşmasligi uçun ma'lum haq tölaşga tayyorligini bildirgan.
2018 yil aprelda Voznyak Apple boş direktori Tim Kuk va WhatsApp hamasosçisi Brayan Ektonga Facebook’ning boykot qilinişida qöşilgan. Bunga esa ijtimoiy tarmoqdan ma'lumotlar sizib çiqişi bilan boğliq mojaro sabab bölgan. Facebook AQŞda 2016 yildagi prezident saylovlari natijalariga ta'sir qiliş uçun 50 mln foydalanuvçining şaxsiy ma'lumotlarini qöllaşda ayblangandi.

















