Sun’iy intellekt xavfsizligi bilan şuğullanuvçi Future of Life guruhi superaqlli sun’iy intellektni taqiqlaş çaqiriği bilan oçiq xat e’lon qildi. Mualliflar SI vositalari salomatlik va farovonlikning ilgari körilmagan darajasi kabi afzalliklar berişi mumkinligini tan olgan holda, kompaniyalar kelasi ön yil içida deyarli barça kognitiv vazifalarda insondan ança ustun turadigan superaqlli SI yaratişga intilayotganidan xavotir bildirdi.
Mualliflar bunday tizimlarni xavfsiz yaratiş va nazorat qiliş mumkinligi haqida keng ilmiy konsensus paydo bölguniça superaqlli SI işlab çiqişni taqiqlaşni talab qildi. Şuningdek, bu kabi tizimlar paydo bölişidan oldin jamoatçilikning sezilarli qöllab-quvvatlaşi zarur, deb hisoblanadi.
Murojaatda odatda tilga olinadigan xavotirlar ham qayd etildi: SI şunday köp iş örinlarini egallaşi mumkinki, odamlar iqtisodiy jihatdan talab qilinmay qolişi ehtimoli bor. Bunday texnologiyalar vakolatlar, erkinlik, fuqarolik huquqlari, qadr-qimmat va nazoratni yöqotişga olib kelişi, milliy xavfsizlikka tahdid solişi mumkin. Mualliflar hatto insoniyat halokati ehtimolini ham qayd etdi.
Oçiq xatni 800 dan ortiq taniqli şaxs imzoladi, ular orasida sun’iy intellektning «otalari» Jyeffri Xinton va Yoşua Benjio, şuningdek Apple hamasosçisi Stiv Voznyak va Virgin Group asosçisi Riçard Brenson bor. Qolganlar orasida — Donald Trampning sobiq boş strategi Stiv Bennon, Qöşma ştablar rayosatining sobiq raisi Mayk Mullen, Glenn Bek, aktyor Jozef Gordon-Levitt, şuningdek musiqaçilar Will.i.am va Grayms. Sasseks gersogi va gersoginyasi — şahzoda Garri va Megan Markl ham öz imzosini qöydi.
Jami bölib 45 mingdan ortiq kişi murojaatni qöllab-quvvatladi, şulardan 25 mingdan ortiği Ekō’ning şunga öxşaş petitsiyasining imzolari egasi hisoblanadi.

















