Sönggi kunlarning eng köp muhokama qilinayotgan mavzusi elektr-energiyasi narxining liberalizatsiya qilinişi, ya'ni bozorga moslanişi, oddiy til bilan aytganda oşişi bilan boğliq. Bu mavzu «Elektr energiyasi narxini liberallaştiriş: kutilayotgan natija, ehtimoliy salbiy oqibatlar va ularning oldini oliş» sarlavhali maqola orqali saytimizda ham atrofliça yoritildi. Xöş, aksariyat aholining köngli tölmaydigan bu islohotdan qanday maqsad közlangan?
Mavzuga oid savollarga javob oliş uçun biz Özbekiston Respublikasi Energetika vazirining örinbosari Şerzod Xodjayev bilan suhbatlaşdik.
– Şerzod aka, bu islohot keçiktirib bölmas ekanligi eng yuqori doiralarda gapirildi. Bunday vaziyat yuzaga kelişiga sabab nima? Biz soha töliq bozor mexanizmlariga ötişiga tayyor böldikmi?
– Hozir şunday bir vaziyatdamizki, yo narxlarni oşirmaymiz, hammasi boriça saqlaymiz, öz-özidan sohaga investitsiya jalb qilmaymiz. Natijada elektr ta'minoti kundan-kunga, hozirgidan ham yomonlaşaveradi. Bizdagi har qanday energetika sohasida qurilişlar ma'lum miqdorda zaxira quvvati bilan işga tuşirilgan. Biz bugungi kunda öşa zaxira quvvatlaridan foydalanib bölganmiz yoki foydalanib bölyapmiz. Rivojlanişni, talabning ortib borişini hisobga olib, endi juda katta hajmlarda investitsiya kiritmasak, sohamiz talabga javob bermay qoladi. Ikkinçi yöl – har tomondan investitsiya jalb qilib, yangi quvvatlarni işga tuşiramiz.

Albatta, bugun ham mavzumiz hududlardagi elektr ta'minotidagi uzilişlarga borib taqaladi, busiz iloji yöq. Siz jurnalistlar ham albatta bu mavzuni köp kötaryapsizlar, bu yaxşi, xalqimizga hamma gapni röy-rost aytiş kerak.
Endi mavzumizga qaytsak, hammasi qiyoslaşda ma'lum böladi, deydilar. Biz hozirça rivojlangan davlatlar bilan özimizni soliştira olmaymiz. Ittifoqdan biz bilan bir vaqtda ajralib çiqqan qöşni davlatlar bilan soliştirganimizda ular endi-endi bundan 30 yil oldingi işlab çiqariş hajmiga yetganlarining guvohi bölamiz. Biz sobiq ittifoqning sönggi yillarida 55 mlrd kilovatt soat elektr energiyasi işlab çiqargan bölsak, bugungi kunda bu körsatkiç 65 kV.s.ga yetdi. Lekin bu ham kamligini hammamiz yaxşi bilamiz. Aholi soni oşib bormoqda, işlab çiqariş hajmi kötarilmoqda. Demak biz keçagi yoki bugungi kun bilan yaşay olmaymiz, ertani öylaşimiz kerak. Ertangi kun uçun esa bugun harakat qiliş şart.











