Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş qömitasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Möynoq tumani hududidagi Sudoçe köllar tizimida sodir bölgan yonğin yuzasidan ma'lumot berdi.
«4 iyul kuni internetda Qoraqalpoğiston Respublikasi Möynoq tumani Sudoçe köllar tizimida sodir bölgan yonğin tasvirlari tarqaldi.
5 iyul kuni mazkur holat yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş qömitasida uşbu köllar tizimida sodir etilgan yonğinni barataraf etiş çoralarini köriş, şuningdek, tabiatga yetkazilgan zararni aniqlaş maqsadida tezkor guruh tuzilib voqea joyiga yuborildi.
Tezkor guruh tarkibi Qoraqalpoğiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş qömitasi, Möynoq tumani yer resurslari va kadastr boşliği va Möynoq tumani yonğin xavfsizligi bölimi boşliği hamda «Möynoq akva sanoat» DUK mas'ul xodimlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Ekologiya va Orol böyi hududini rivojlantiriş masalalari böyiça kotibiyati, Möynoq va Qönğirot tumanlari Ekologiya va Orol böyi hududini rivojlantiriş masalalari böyiça hokim örinbosarlaridan şakllantirildi.
Örganiş natijalariga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi Möynoq tumani Sudoçe köllar tizimidagi yonğin 4 iyul kuni soat 15:30 atrofida Sudoçe köllar tizimining şarqiy-janub qismidagi Qoratereng bölimida çaqmoq natijasida orolçalardan boşlanib şamol natijasida atrofdagi qamişzorlarga va şimoliy-janub hamda qirğoq böyi mintaqasiga tarqalgan. Yonğin köl örtasidagi orolçalarda yuz bergani va yonğinga yaqin boriş imkoni mavjud emasligi sababli yonğinni öçirişning iloji bölmagan. Çunki yonğin boşlangan maydonlarda motorli qayiq yoki orolçalar usti qamiş bölib tag qismi suvli botqoq bölib odam kirib borişi mumkin bölmagan.
Yonğin tufayli jami yongan maydon 278 gektarni taşkil etib, şundan, «Möynoq akvasanoat» DUKga qaraşli maydoni 111,2 gektar, «Sudoçe» ornitologik buyurtmaxonasiga qaraşli maydoni 166,8 gektarni taşkil etadi.
«Sudoçe» ornitologik buyurtmaxonasi hududi yovvoyi holda yaşovçi ondatra, ördak (bir neça turlari), ğoz, oqquş, birqozon, qoravoy, flamingo va boşqa hayvonot dunyosiga zarar yetkazilgan holat uçramadi. Çunki suvda suzuvçi quşlar va boşqa hayvonot turlari yaşaş makoni va ular bahor oylarida tuxum qöyib köpayadigan hudud hisoblanadi. Lekin örganiş davomida hayvonot dunyosi nobud bölgan holat qayd etilmadi. Çunki hozirgi kunga kelib polaponlar katta bölib bemalol suvda suzib yuradigan darajada ösib ulğaygan.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Möynoq tumani Sudoçe köllar tizimidagi qamişzorlarga yonğin tufayli yetkazilgan zarar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli «Biologik resurslardan foydalanişni tartibga soliş va tabiatdan foydalaniş sohasida ruxsat beriş tartib-taomillaridan ötiş tartibi töğrisida»gi qarorining 14-ilovasi asosida hisoblanib, tabiatga yetkazilgan zarar jami 225 435 760 sömni taşkil qildi.
















