Özbekistonlik oliy ta'limni olişni xohlayotgan yoşlarning aksariyati Qirğiziston va Tojikiston oliy öquv yurtlarini tanlamoqda. Ulardagi oliy ta'limning arzonligi, ta'lim sifatsizligiga e'tibor qaratmaslikka omil bölmoqda. Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliği Uluğbek Toşkenboyev Kun.uz muxbiriga şuni ma'lum qildi.
«Mening katta e'tirozim yoşlarning oliy ta'lim oliş uçun Tojikiston va Qirğizistonga borişi. U yerdagi oliy ta'lim narxi judayam kam, ayrim ma'lumotlarga köra, 300-400 dollar tölaşadi. Sifat ham şunga yaraşa. Ular bitirib, bizga nostrifikatsiya böyiça arizalarni topşiradi. Biroq köplari özlari tahsil olgan oliy öquv yurtining qayerdaligini bilmaydi.
Bu borada muammo juda köp. Öşa respublikalarning oliy öquv yurtlaridan kelib, köngillilarni jalb qilgan holda, özlarining OTMlarini abituriyentlar orasida tarğib qilmoqda. Men öylaymanki, bizning mehnat bozorini yaxşi bilimli kadrlar egallaşi kerak. Yuqorida aytilganidek, jahon reytinglaridagi yuqori mingtalikka kirgan oliy öquv yurtlarining diplomlarini tan olişda muammo yöq.
Lekin, bugungi kunda davlat reyestrida mavjud bölmagan yoki reytingi juda past bölgan oliy öquv yurtlarining diplomlari nostrifikatsiya qilinişi uçun test va maxsus ekspertlar guruhining suhbatini taşkil etyapmiz. Şu boisdan, hozirda yangi qaror loyihasi tayyorlanmoqda. U qabul qilinsa, nostrifikatsiya jarayoni yanada soddalaşadi va faqat test topşiriş bilan diplomni nostrifikatsiyadan ötkaziş mumkin böladi», - dedi Toşkenboyev.

















