Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiya xodimi «Qo‘yliq» bozori yonidagi ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan ayolning hayotini saqlab qoldi
Foto: milliygvardiya.uz
2019 yil 9 iyul kuni soat 21:40lar atrofida «Qo‘yliq» dehqon bozori yonidagi ko‘prik ustidan o‘zini tashlab joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayolni ko‘rib befarq bo‘lmagan aholining sa'y-harakatlari natijasida IIB xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi o‘z vaqtida yetib kelgan.
Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, yordamga oshiqqan ayrim fuqarolarni to‘xtab turishga majbur qilgan qaltis vaziyatda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining tezkor va ishonchli harakati ayolning hayotini saqlab qolgan.
Shundan so‘ng fuqaro hudud IIB bo‘linmasiga olib borilgan va u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Suhbat natijasida fuqaro 1992 yil 15 iyunda Toshkent viloyati Nurafshon shahrida tug‘ilgan A.B. ekanligi, turmush o‘rtog‘i B.E. bilan oilaviy janjallar sababli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganligi ma'lum bo‘ldi.
Hozirda fuqaro A.B.ga tibbiy va ruhiy yordam berish maqsadida mutaxassislar jalb qilingan, deyiladi Milliy gvardiya xabarida.
Mavzuga oid
12:50 / 29.11.2025
Mahallalar, turistik maskanlar va maktablarda qo‘riqlash kuchaytiriladi
08:20 / 28.11.2025
Oq uy yaqinidagi otishmadan so‘ng AQSh Milliy gvardiyasi xizmatchisi halok bo‘ldi
20:50 / 14.10.2025
Katta shaharlardagi jamoat joylarida xizmat itlari patrullik qila boshladi
14:22 / 11.09.2025