Yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
 
Hujjatga ko‘ra, 2019 yil oxirigacha Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanganlar soni 2,5 mlnga yetkaziladi hamda 2020 yil oxirigacha 100 foiz iste'molchilar tizimga ulanadi.
 
Buning uchun Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan 100 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
 
2020 yil 1 yanvardan prokuratura organlari xodimlari bir qismining ta'minoti Jamg‘armadan Davlat budjetiga o‘tkaziladi.