Mer “Krayan” zavodi binosini noqonuniy sotib olishda ayblangan. Keyinroq shahar rahbariyati bu binoda o‘z departamentlarini joylashtirgan. Sud Truxanovni oqlagan va ishning barcha ishtirokchilari mulkidan taqiqlovni bekor qilgan.
Saakashvili va uning tarafdorlari sud binosini piket qilishga kelishgan. Natijada ur-to‘polon chiqqan. Siyosatchi sud zaliga kirishga uringanda yo‘lida uchragan bir ayolni urgan.
Ayol yiqilib tushgan. U shifoxonaga yetkazilgan va shifokorlar uning qo‘li singanini qayd qilishgan.










