Yaqinda Kun.uz tahririyatiga Sirdaryo viloyati, Yangiyer şahri, «Zahriddin Bobur» mahallasida istiqomat qiluvçi bir guruh fuqarolar murojaat qilişdi. Ular nafaqat mahalla, balki Yangiyer şahridagi juma va hayit kunlari 3-5 ming kişi töplanadigan masjid aholi soni kam bölgan boşqa joyga köçirilayotganini ta'kidlaşgan. 

Tahririyat muxbirlar guruhi ayni masalani joyida örganiş maqsadida Yangiyer şahriga yöl oldi va dastavval murojaatda tilga olingan masjidga borib, murojaatçilar bilan uçraşdi. Oqsoqollarning aytişiça, bugungi kunda şaharda 2ta jome masjid bölib, ularning eng yirigi uşbu masjiddir. 

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

«Töğrisini aytganda buzmakorlik bu. Men 1957 yil köçib kelganman bu yerga. Xovosdayam, Yangiyerdayam masjid yöq edi. Hayit namoziga Gulistonga borib kelardik. Keyin Xovosda, söngra Yangiyerda ham oçildi. Mana bir neça yillardan buyon öqib kelyapmiz. Köpçilik çiqadi masjidga. Bomdodga Xovos masjididayam bölsa 10-15 namozxon böladi. Bu yerda 100ga yaqin kişi çiqadi. 

Masjidni köçiramiz, buzamiz, deyişdan avval bu atrofdagi odamlar sonini ham hisobga oliş kerakmi-yöqmi? Uyimizning içidan qur demayapmiz. Özlari kelib ölçab berdi yoki ularning esi yöqmi? Biz ölçamadik-ku», - deydi oqsoqollardan biri. 

Sunnatillo akaning aytişiça, bu masjidda ota-bobolari ibodat qilgan, özlari ibodat qilmoqda va farzandlari ham ibodat qilişini xohlaydi. 

Ma'lum bölişiça, 2019 yil 25 fevralida Yangiyer şahar hokimi I.Xöjayev №75 sonli qarorini imzolagan va unga asosan Yangiyer şahar «Temir Malik» mahallasi Paxtakor köçasidan masjid qurilişi uçun yer maydoni ajratilgan. Viloyat arxitektura va quriliş boşqarmasidan vakillari kelib, yer maydoni ölçanib, çegaralari belgilanib ketilgan.