Fransiyalik hujumçi Antuan Grizmann «Barselona» a'zosiga aylandi. Bu haqda «kök-anorranglilar» rasmiy saytida e'lon qilindi.
You were waiting for this. pic.twitter.com/vVR0Prmy0b
— FC Barcelona (@FCBarcelona) July 12, 2019
28 yoşli hujumçi bilan 5 yillik şartnoma imzolanadi, bu şartnomaga köra u jami 105 million yevro miqdorida maoş oladi. Şartnomani bekor qiliş summasi - tovon puli miqdori 800 mln yevro deb belgilanadi.
Kataloniyaliklar klubi Grizmann uçun «Atletiko»ga 120 mln yevro tölagan. 7-raqam egasi 5 mavsumdan buyon Madrid klubida öynab kelayotgandi.
Antuan duşanbadan kataloniyaliklar safida maşğulotlarga qöşilişi kutilmoqda.
Grizmann «Barselona»ga ötadi. Kataloniyada uni bir yildan buyon kutişmoqdaMa'lumot uçun, «Atletiko» Grizmanni 2014 yilda «Real Sosedad»dan 30 mln yevroga sotib olgan. U ötgan mavsumda «matrasçilar»ning 48ta öyinida maydonga tuşib, 21ta gol va 10ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.
Fransuz futbolçisi madridliklar klubi uçun barça turnirlar doirasida jami 257 öyinda maydonga tuşgan va 133 gol urgan.
Grizmann ahmoqona vaziyatda. Uning may oyidagi bayonoti xato edimi?Ispaniya poytaxtidagi beş yillik faoliyati davomida hujumçi Yevropa ligasi, Yevropa superkubogi va Ispaniya superkubogida bir martadan ğolib çiqdi. 2016 yilda La Liganing, 2017/18 mavsumida Yevropa ligasining eng yaxşi futbolçisi deb topildi.
U 2019 yil mayida klubni tark etişini e'lon qilgandi.
«Barselona»da yangi detektiv. Grizmann va de Ligt masalasi qanday yakun topadi?Antuanning kattalar futbolidagi ilk mavsumi muvaffaqiyatli keçgan, u debyut - 2009/10 mavsumida «Real Sosedad»ning Segunda ğolibi bölişiga 39ta öyindagi iştiroki bilan hissa qöşib, söng yoşlar örtasida Yevropa çempioni bölgandi. Yevro-2016ning eng yaxşi futbolçisi deb e'tirof etilgan, öşa yili Fransiyada yil öyinçisi deb e'lon qilingan Grizmann 2018 yilgi Jahon çempionatida 4ta gol urib, boş sovrin egasiga aylangan edi.












