«MAK faqatgina içki yönalişlarda monopoldir». «Özbekiston havo yöllari» maxsus bayonot bilan çiqdi
|21:39 / 13.07.201927 78117 min
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi şu kunlarda milliy aviataşuvçi çiptalariga narx belgilaş, charter va muntazam parvozlar tuşunçasini töğri talqin qilmaydigan va mamlakat fuqaro aviatsiyasi bilan boğliq boşqa masalalar kötarilgan bir neçta maqola va postlarni diqqat bilan örganib çiqdi, deyiladi MAK xabarida.
Milliy aviakompaniya özini Özbekiston Respublikasining korporativ fuqarosi deb biladi va uning jamoasi bugungi kunda Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan «Özbekiston havo yöllari» oldiga qöyilgan va soha infratuzilmasini tubdan takomillaştirişga qaratilgan keng kölamli vazifalarni amalga oşiriş ustida iş olib bormoqda. Biz ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi barça naşr va çiqişlarni bizga xizmat sifatini yaxşilaşga yordam beradigan jamoatçilik fikrini aks ettiruvçi közgu, deb bilamiz, deyiladi ma'lumotda.
«Biroq, fuqaro aviatsiyasi, xususan «Özbekiston havo yöllari» aviakompaniyasi borasidagi ba'zi tuşunçalarni töğri talqin qilmaydigan mualliflar ham bor. Biz maqolalar mualliflari, blogerlar, onlayn-naşr va ommaviy axborot vositalari vakillarini yiğib, ularning savollariga yuzma-yuz uçraşuvda javob berişga tayyormiz. Hozir esa, şu kunlarda yuzaga kelayotgan savollar böyiça notöğri ma'lumot tarqalmasligining oldini oliş maqsadida javob berişni joiz, deb topdik.
Aziza Umarovaning ijtimoiy tarmoqlarda çop etilgan materiallaridan: «Oddiy odamlar ta'tilda xorijga uça olmaydi, çunki monopol-aviataşuvçi Özbekistonga raqobatçi qöymaydi», - deya davom etadi MAK öz bayonotida.
Bildirilişiça, 2018 yilga kelib Özbekistonga uçadigan xorijiy aviakompaniyalarning soni 2017 yilga nisbatan 14 dan 18 gaça (28% ga) ortgan. Xorijiy aviakompaniyalar tomonidan amalga oşirilgan reyslar soni 6 833 dan 9 657 ga (41% ga) ösgan. «Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasidan taşqari, xalqaro havo taşiş bozorida ön sakkizta xorijiy aviakompaniya dunyoning 9 ta mamlakatidan Özbekiston Respublikasining Toşkent va boşqa aeroportlariga tijoriy qatnovlarni amalga oşiradi. «Aeroflot», Asiana Airlines, Korean Air, China Southern, Kam Air, Rossia, S7, Turkish Airlines, Ural Airlines, Yakutiya, NordWind, Red Wings, Iraero, Buta Airways (Azal Airlines), Somon Air, Fly Dubai, UTair şular jumlasidan. Misol tariqasida Özbekiston va Qozoğistonga parvoz qiluvçi xorijiy aviakompaniyalarning qiyosiy jadvalini keltiriş mumkin.
Mavzuga oid
2019 yildan boşlab Fly Dubai (BAA) va Buta Airways (Ozarboyjon) kabi loukoster aviakompaniyalar Özbekistonga parvoz qilişni boşladi. Rossiya Federatsiyasidan past budjetli aviakompaniyalar tamoyili asosida Red Wings, NordWind va Yuteyr parvoz qilmoqda.
2019 yilning yozidan sayohat agentliklari bilan birgalikda Şarm-al-Şayxga arzon narxlardagi yöllanmalarni taklif qilayotgan «Al Masria» (Misr) charter aviakompaniyasi Özbekistonga parvozlarini yölga qöydi.
«Bizning aviataşuvlar bozorida bunday aviakompaniyalar işlayotganini bilamiz va ularni sanab, nomini keltiriş marketing va reklama nuqtai nazaridan töğri emasdir. Har bir aviakompaniya bozorda özini özi taqdim etişi kerak. Biroq, biz Özbekiston Respublikasi fuqarolarida ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lum bir naşrlardan söng notöğri fikr şakllanişiga yöl qöymaslik uçun bunga jur'at etdik.
Qayd etilgan aviakompaniyalarning parvozlar geografiyasi va qatnovlar soniga qarab, aksariyat yönalişlarda biz ular bilan tenglik asosida işlayotganimizga işonç hosil qiliş mumkin.
Yölovçilarda esa, tanlaş imkoniyati mavjud.
Yunalişlarda bevosita raqib bölmagan holatda xorijiy aviakompaniyalar muqobil, ya'ni alternativa sifatida tranzit taşuvlarni taklif etmoqda. Bu qanday tamoyil asosda şakllanişi quyida aks ettiriladi.
Hindiston, Fransiya, Germaniya, Italiya, Latviya, AQŞ, Yaponiya va boşqa davlatlarning aviataşuvçilari Özbekistonga paritet qatnovlarni amalga oşiriş huquqiga egaligini va Özbekiston tomoni ularni rad etiş uçun yuridik huquqqa ega emasligini ham ta'kidlab ötişni istardik.
A.Umarova fuqarolarning ta'tilga uçib keta olmasligining sababini topdi: «Oddiy fuqarolar ta'tilda xorijga uça olmaydi, çunki monopol-aviataşuvçi Özbekistonga raqobatçi qöymaydi». Va bunda Turkiya alohida qayd etilgan. Şu joyda muallifning uşbu fikrlar va qaraşlariga nisbatan kelişmaslikni özimizga ep bildik. Uşbu yönalişda Turkish Airlines bilan juda jiddiy raqobat bor. Ular, nafaqat Toşkentga/dan, balki Samarqandga/dan ham qatnovlarni amalga oşiradi (yana raqobatçimiz haqida gapiryapmiz, bunga bizni Internet tarmoğidagi bahs-munozaralar majbur etdi). Şuningdek, Istanbulga qiyosiy narxlar jadvalini keltirib ötamiz», - deyilgan izohda.
MAKning bildirişiça, fikrlovçi muştariy Özbekiston bozorida raqobatning rivojlanişiga MAK tösqinlik qilmayotganini osongina anglaşi mumkin, çunki Milliy aviakompaniya xorijiy aviataşuvçilarning Özbekistonga parvoz qilişiga qarşilik qila olmaydi. Çunki uşbu vakolatlar Özbekiston Respublikasi Transport vazirligiga yuklatilgan.
Bundan taşqari, uning matnida yana quyidagi sözlar keltirilgan: «Bizda charter reyslar, loukosterlar va mahalliy muqobil aviakompaniyalar yöq. (Xohlovçilar juda köp)». Respublikada alternativ aviakompaniyani yaratiş masalasi MAK vakolatiga kirmaydi. Bunda «Özbekiston havo yöllari»ni ayblaş notöğri deb, hisoblaymiz. Aviakompaniya Özbekiston bayroği ostida yölovçi va yuk taşuvlarini amalga oşiradi, parvozlar geografiyasini kengaytiradi hamda havoda va yerda yölovçilar xavfsizligini ta'minlaydi, deyiladi bayonotda.
Monopol aviatsiya xizmatlari borasida ta'kidlanişiça, MAK faqatgina içki yönalişlarda yagona aviakompaniyadir (monopoldir). Agar kimdir mamlakat içida taşuvlarni taşkil etiş böyiça taklif bilan çiqsa, bunda ham MAK bu jarayonga qarşilik qila olmasligi aytiladi. Şu bilan birga, fuqarolar aviakompaniya raqobatlaşayotgan yer usti transportidan foydalaniş imkoniyatiga egalar.
«Endi charter qatnovlarga töxtalsak. Post muallifi: «Har yoz mavsumida maftunkor «Havo yöllari»miz Antaliyaga amalga oşiradigan standart reysini «charter» deb atab, unga çiptalarni Istanbulgaça bölgan reys qiymatida sotadi. Joylar esa doim aniq bir turfirma orqali bron qilinadi».
Keling, charter nima ekanligiga aniqlik kiritaylik. Charter qatnovlari sayyohlik operatorlari tomonidan sayyohlik mavsumi davomida taşkil etiladi, muntazam qatnovlar esa, aviakompaniyalar tomonidan taşkillaştiriladi.
Yozgi mavsumda mahalliy sayyohlik agentliklari charter qatnovlariga buyurtma beriş uçun aviakompaniyaga murojaat qilişadi. Odatda, Antaliya, Bodrum, Issiqköl kabi maşhur yönalişlarga qatnovlar amalga oşiriladi. Aviakompaniya majburiyatiga samolyot, uçuvçi tarkibi xamda parvoz xavfsizligini ta'minlaş kiradi. Yölovçilar uçun aviataşuvning yakuniy narxlaniş masalasi bilan sayyohlik agentliklari şuğullanadi. Charter qatnovining asosiy buyurtmaçisi (sayyohlik agentlik) joylarning bir qismini boşqa sayyohlik agentliklariga sotişga taqdim etadi.
Şuning uçun, «har yoz mavsumida biz sevgan» «Havo yöllari» sözini «Antaliyadagi standart parvoz» deb ataşadi ...», kabi iboralarni keltiriş notöğri. «Havo Yöllaridan charter» deb ta'kidlaş - bu tuşunçalarni «oçiq çalkaştiriş» nega kerakligi tuşunarli emas.
Şu bilan birga, şunday jumla keltirilgan: «Özbek turfirmalari ötgan safar özlari charter reyslarni yölga qöyişni taklif etgandi, biroq ular qat'iy rad javobini oldi. Faqat «Özbekiston havo yöllari» uçadi». Bu nimani anglatişini tuşuniş uçun bu jumlani bir neça marta qayta öqiş kerak böldi. Ammo biz, muallif vaziyatni töliq va oxirigaça tuşunmagan yoki bunday notöğri taşviqot yoki fitnalar bilan öquvçilarni adaştirişga uringan degan xulosaga keldik», - deyilgan MAK xabarida.
Mahalliy aviakompaniyaga içki qatnovlardagi aviaçiptalar narxi borasida ham savollar köp ekani aytiladi. Xususan, fuqarolarda respublika içida raqobat yöqligi uçun MAK yuqori narxlarni belgilamoqda, degan fikr tuğilmoqda. Quyidagi jumlani öqib, aksariyat kişilar buni haqiqat, deb qabul qilişlari, va ehtimol, samolyotda uçişdan boş tortişlari mumkin, agar özlari şaxsan ma'lumotni tekşirmasalar: «Gap faqat Turkiya qirğoqlari haqidagina emas. Siz va bizning hayotimiz haqida mulohaza yuritmoqdamiz. Nukusdan Toşkentgaça bölgan çiptalar 100 dollardan ortiq turişi haqida», deyilgan xabarda.
Bildirilişiça, özini hurmat qilgan har qanday jurnalist yoki şaxs muayyan faktlarni yoki raqamlarni keltirişdan oldin, ma'lumotni qayta-qayta tekşirib, töliq va işonçli ma'lumotni taqdim etadi.
«Bu holatda, A.Umarova saytning bronlaş bölimiga kiriş uçun vaqt topa olmaganga öxşaydi. Saytda hamma ma'lumot oçiq. Biz erinmasdan biletlarni sotib oliş va bronlaş saytlaridan Nukus-Toşkent qatnoviga skrin tasvirlarni oldik. Ayni paytda, masalan, 15 iyul sanasi holatiga bronlaşning barça 10 ta klassiga (ekonom klass) biletlar sotilmoqda, eng arzonidan (404 391 söm, ya'ni taxminan $47 dollar), to eng qimmatigaça (924 322 söm. $107). Barça narxlarni quyidagi rasmda körişingiz mumkin. Xalqaro amaliyotdan kelib çiqqan holda, har bir tarif uçun ma'lum joy ajratilgan. Tabiiyki, fuqaro qança oldinroq aviaçipta sotib olsa, bilet şunça arzonga tuşadi. Qatnov kuni yaqinlaşgan sari tariflar qimmatlaşadi.
Nima uçun muallif fuqarolarni aynan va faqat eng qimmat narx haqida xabardor qilayotgani uning vijdoniga havola», - deya davom etadi MAK.
Eng past va eng yuqori tariflar orasida bir neça takliflar mavjud. Parvoz vaqti - 1 soat-u 20 daqiqa.
Özbekiston va Qozoğistonning aviatsiya bozoridagi, masalan, Toşkent - Samarqand yönalişi böyiça aviaçipta narxi körib çiqilgan (parvoz vaqti 50 daq.).
«Özbekiston havo yöllari» MAK veb-saytida - $ 11
Qozoğistonda xuddi şunday yönalişda ikkita aviakompaniya «Nur-Sulton-Pavlodar» qatnovlarini amalga oşiradi, parvoz vaqti 50 daqiqa.
Aviaçiptalarni Qozoğiston aviakompaniyalar sayti orqali sotib oliş quyidagiça: ($ 1 = 382,693 dollar) $ 40,65 va $ 112. Bu eng arzon tariflar.
Yana bir misol. Urganç - Toşkent yönalişi böyiça aviaçiptaning narxi 385 ming sömdan boşlanadi. Parvoz vaqti - 1 soat-u 30 daqiqa. Biroq, «Nur-Sulton - Almati» yönalişi böyiça eng arzon aviaçipta öşa sana va öşa parvoz vaqti bilan (1 soat 35 min.) – 344 ming sömni taşkil etadi. Uşbu narx Qozoğiston loukosteri tomonidan taqdim etilgan. E'tibor bering, loukoster. Barça körsatilgan narxlarni oçiqlikça tekşiriş mumkin, deyiladi izohda.
MAKning içki yönalişdagi faoliyati böyiça rejalari: ayni damda reyslarning sonini köpaytiriş va tariflarni qöşimça ravişda optimallaştiriş masalasi körib çiqilmoqda.
«Viloyatlardagi yopiq yoki böş aeroportlar haqida». Bunday iborani oğriqsiz öqiş mumkin emas, agar haqiqiy vaziyat bilan taniş bölmasang. Özbekistonda 11 ta aeroport mavjud: Andijon, Namangan, Farğona, Samarqand, Buxoro, Urganç, Navoiy, Termiz, Qarşi va Nukus şaharlarida. 2019 yilning 1-yarim yilligi natijalariga köra, viloyat aeroportlaridan (Toşkent şahridan taşqari) 9 302 qatnov amalga oşirilib, 969 427 ming nafar yölovçiga xizmat körsatilgan, 2018 yilning şu davrida esa, 8 620 ta qatnov amalga oşirilib, 717 629 yölovçiga xizmat körsatilgan.
Ötgan yili MAK Qarşi şahriga uçmagan (ammo aeroport ştat jadvaliga muvofiq faoliyat yuritgan, xorijiy aviakompaniyalar u yerga parvoz qilgan) va Andijon aeroporti uçiş-qöniş yölagi samolyotlarni qabul qiliş imkoniyatiga ega bölmagani sababli vaqtinça yopilgan bölsa-da, statistika ma'lumotlariga köra boşqa aeroportlar işini faol amalga oşirib kelgan.
Ma'lumot uçun: 27 iyuldan boşlab Qarşiga/dan aviakompaniyaning xalqaro va mahalliy qatnovlari rejalaştirilgan.
Hozirgi vaqtda Termiz va Andijon aeroportlarida uçiş-qöniş yölaklarini rekonstruksiya qiliş böyiça loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanmoqda.
Şu bilan birga, xorijiy aviakompaniyalarni jalb qiliş maqsadida Nukus aeroportida «oçiq osmon» tamoyili joriy etilgan. Loyiha muvaffaqiyatli amalga oşirilsa, bu tamoyil respublikaning boşqa mintaqaviy aeroportlarida ham qöllaniladi.
A.Umarovaning Rossiyadagi mehnat muhojirlari töğrisida yozganini öqiş (Qozoğiston daştlari orqali yurganda tiriklay insonlari bilan yongan avtobuslar) juda qiyin va açinarli, deyilgan ma'lumotda.
MAK bayonotida aytilişiça, uning sözlarida aholining barqaror kayfiyatini buzişga urinişni köriş mumkin. Sodir bölgan voqea – oilalardagi katta fojiadir, ammo bu hodisani qanday qilib aviakompaniya bilan boğlaş mumkin? Bunday falokat har qanday yönalişda, nafaqat xalqaro avtobus yönalişida, balki istalgan mamlakatning içki yönalişida ham sodir bölişi mumkin. Aksariyat mamlakatlarda, loukosterlar bölsa ham, fuqarolar avtobus taşuvlaridan faol foydalanadilar (AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya va boşqalar), deyiladi.
Agar xalqaro qatnovlardagi aviaçiptalarning narxiga töxtaladigan bölsak, köplab yönalişlarga (Moskva, Sankt-Peterburg, Qozoğiston, Seul, Duşanbe) qatnovlar soni oşirildi va barça turdagi xarajatlar (aviatsiya kerosinlari, aeroportlar, aviakompaniya tölovlari) oşganiga qaramasdan, MAK öz tariflarini pasaytirmoqda. Rossiya Federatsiyasining şaharlarida işlayotgan mehnat muhojirlarimiz uçun mavjud tariflarning 50% gaça çegirmalar qöllaniladi.
«Mana «Havo yöllari»ning töğridan-töğri qatnovi va «Air Astana»ning Olmaota orqali qatnovi uçun narxlar. Nega töğridan-töğri qatnov töxtab ötiş bilan amalga oşiriladigan qatnovdan qimmat? Çunki aksariyat yönalişlarda (nafaqat Tbilisi) Olmaotaga uçib boriş (yoki masalan Çimkentdan) Toşkentdan qaraganda arzon. Çunki u yerda raqobat, bizda esa, monopoliya” - bu Yuliy Yusupov postidan iqtibos. U aviataşuvlar sotuvi böyiça saytdan skrin joylaştirgan.
Bu haqiqatan ham, aniqlaştirişni, tuşunça beriş zarurligini talab etuvçi mavzu.
Buning uçun esa, şu örinda raqobat şaroitida köpgina aviakompaniyalarning marketing siyosati qanday körilişi haqida gapirib ötiş zarur, deya ta'kidlaydi MAK.
Aviakompaniyalar töğridan-töğri uçayotgan yölovçilardan ortgan joylarni töldiriş uçun tranzit yölovçilarni jalb qiladi. Bunday şaroitlarda xorijiy aviakompaniya uçun boşqa mamlakatdan töğridan-töğri yölovçini reysdan-reysga ötib amalga oşiriladigan parvozga jalb qilişning yagona usuli pastroq narxlarni taklif qilişdan iboratdir.
Aytilişiça, Yuliy Yusupovning keltirilgan 4 yölovçi Toşkentdan Tbilisiga töğridan-töğri uçganda çipta narxi 12 mln. 131 ming söm bölib, uçiş vaqti 3 soat 40 daqiqa taşkil qiladi. Olmaota orqali uçganda esa çipta narxi 11 mln. 751 sömni taşkil etadi. Faqatgina parvoz vaqti 8 soat 20 daqiqa va ortga 21 soat 55 daqiqani taşkil etadi. Demak, tört yölovçi uçun 380 ming söm tejaladi.
Yölovçilar miqdori va sanalar xuddi şu kabi bölganda, Olmaotadan Tbilisiga töğri uçadigan reys Toşkentdan Tbilisiga qaraganda qimmatroq bölib, 13 million 809 ming 786 sömga töğri kelmoqda.
«Şulardan kelib çiqqan holda, hurmatli mualliflar, biz sizlardan ma'lumotni obektiv yondaşgan holda örganib, söngra keng ommaga xolisona yetkazişingizni söraymiz.
Qayd etiş joizki, uşbu maqola aviakompaniya mutaxassislarini asosiy xizmat vazifalari barobarida vaqt ajratgan holatda tayyorlandi. Biz ijtimoiy tarmoqdagi aviakompaniyaga nisbatan bölayotgan ayblovlarga javoban indamasligimiz mumkin edi. Lekin biz Milliy aviataşuvçini yölovçilar, matbuot va ijtimoiy tarmoq iştirokçilari bilan faol muloqotga kirişgan holda öz iş uslubini sezilarli darajada özgartirgan Özbekistonning korporativ fuqarosi, deb hisoblaymiz.
Sizning taklif-mulohazalaringiz har doim inobatga olingan va bundan keyin ham olinadi. Aviakompaniya va aeroportlar böyiça barça ma'lumotlar bizning e'tiborimizda. Agar aviakompaniyada aybli holatlar bölsa, ularni töğrilaş çora-tadbirlari körib çiqiladi.
Lekin, haqiqat atayin qoralab körsatilsa, biz şunga yaraşa javob qaytariş hamda töğri va aniq ma'lumotni yetkazişga mas'ulmiz. Biz mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasi töğrisidagi materiallarni çop etuvçilar aniq va xolisona ma'lumotga ega bölişi uçun yuqorida zikr etilgan postlar va boşqa maqolalar mualliflari bilan uçraşişga, barça savollarga javob berişga tayyormiz», - deya yakunlanadi MAK xabari.