«Million» guruhi ijodiy jamoasi davlat bojini undiriş töğrisida rasmiy ogohlantirildi. Bu haqda «Özbekkonsert» muassasasi xabar bermoqda.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-sonli qarori bilan tasdiqlangan Konsert-tomoşa faoliyatini litsenziyalaş töğrisidagi Nizomga muvofiq, Ijodiy kömaklaşuvçi vakillar guruhi tomonidan joriy yilning 25 iyundagi navbatdagi yiğilişda jamoaning doimiy a'zolariga Özbekiston Respublikasi va uning taşqarisida konsert dasturlarini muntazam ravişda ötkazib kelayotganligi bois, "BRAVO MUSIC" MÇJ tomonidan, ya'ni «Million» guruhi ijodiy jamoasiga konsert-tomoşa faoliyatini amalga oşiriş huquqi beruvçi litsenziya reytingning 2-guruhi berilib, har biriga yillik 19 867 540 sömdan amalga oşirilişi belgilangan.
Şu orqali, Muassasaga konsert ötkaziş uçun taqdim etilgan konsert ssenariyda «Million» guruhi ijodiy jamoasiga Davron Qobulov, Mirkomil Musayev, Alişer Botirov, Ma'ruf Nosirov, Niğmatjon Ötkirov, Feruza Normatova, Umidjon Haydarov litsenziyasi uçun har biriga alohida yillik 19 867 540 sömdan, konsert dasturidagi qolgan a'zolarga reytingning 4-guruhi böyiça Şavvozlar guruhi har biriga alohida yillik 8 109 200 sömdan, jami dasturdagi iştirokçilar (13 nafar)ga 187 727 980 söm miqdoridagi tölovlar hisoblangan.
Şunga asosan litsenziya uçun 187 727 980 söm davlat bojini davlat muassasasining maxsus hisob raqamiga joriy yilning 16 iyuliga qadar tölaş söralgan.
Aks holda, Muassasa va "BRAVO MUSIC" MÇJ, ya'ni «Million» guruhi ijodiy jamoasi örtasida tuzilgan litsenziya şartnomasi bekor qilinişi aytilgan.

















