2019 yilning 12 iyul kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Möynoq tumanida joylaşgan “Möynoq akva sanoat” DUKga qaraşli köldagi qamişzor yongan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi xabar bermoqda.

Yonğinni bartaraf etişga 2 ta yonğin öçiriş bölinmalari jalb etilgan. Körilgan harakatlar natijasida yonğin öçirilgan. Tan jarohati olganlar va halok bölganlar yöq.
Yonğin oqibatida 2-3 gektar oçiq maydonda qamişlar yongan. Yonğinni kelib çiqiş sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
“Aziz hamyurtlar! Quruq ötlar bilan boğliq yonğinlar katta miqdorda moddiy zarar yetkazmaydigandek tuyulsa-da, lekin atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadi, şular bilan bir qatorda uşbu yonğinlar, yaşaş uylari yoki boşqa bino va inşootlarga ötib ketişi bilan xavfli hisoblanadi.
Harakatlanib ketayotgan avtomobillardan ba'zi bir kişilarning sigaret qoldiğini öçirmasdan taşlab yuborişi oqibatida yöl çetidagi quruq öt, xaşaklar alangalanib, şamoldan olov kuçayib keng maydonlarga tarqalib ketişi katta talafotlarni keltirib çiqarişi mumkinligi haqida unutmang”, - deyiladi YoXBB xabarida.
Bundan oldin, Möynoq tumanining Sudoçe köli hududidagi qurigan qamişzorlarda yonğin kelib çiqqani xabar qilingan.
















