Özbekistonning Riga şahridagi (Latviya) elçixonasi ta'lim muassasasini tugatganlik töğrisidagi hujjatlarni qalbakiligi töğrisida gumon qilingan Özbekiston fuqarolarining Finlyandiyadan deportatsiya qilinganligi töğrisida qator OAVlarda tarqalgan xabarlarni tasdiqladi.

Ayni paytda elçixona vaziyatni nazoratga olgan hamda batafsil ma'lumot oliş uçun Finlyandiyaning rasmiy vakillari bilan aloqa örnatgan, deyiladi TIV xabarida.

Konsullik-huquqiy departamenti Latviya, Litva, Estoniya, Finlyandiya va Norvegiya hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatning Riga şahridagi elçixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatgan: +371 67-32-24-24, +371 67-32-23-46.

Bundan oldin, Finlyandiya migratsiya xizmati mamlakatdan Özbekistonning 140 fuqarosini çiqarib yuboriş haqida qaror qabul qilgani xabar berilgandi.

Finlyandiyaning Yle telekompaniyasi xabar berişiça, bunga özbekistonliklar Yevropada işga joylaşişda qöllagan quriliş texnikumining soxta diplomlari sabab böldi. Ta'kidlanişiça, quriliş texnikumi sobiq ittifoq davridayoq yopilib ketgan bölgan.