Özbekiston Respublikasi prezidentining «Soliq ma'muriyatçiligini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga asosan 2019 yil 1 dekabrga qadar buxgalterlar uçun yagona axborot tizimi işga tuşiriladi.

Unga köra buxgalteriya hisobini amalga oşiriş hamda soliq tölovçilar va soliq organlari örtasida real vaqt rejimida ma'lumotlar bilan almaşiş imkonini beruvçi, buxgalteriya hisobining yagona axborot tizimi joriy qilinadi, soliq hisobotini topşiriş tizimiga integratsiya qilinib, hisobotlarni taqdim etiş avtomatlaştiriladi.

Dasturiy mahsulotning yaratilişidan maqsad tadbirkorlik sub'yektlariga qulayliklar yaratişdir.

Soliqqa tortişning soddalaştirilgan tizimida soliqlarni hisoblab çiqariş sodda, oson bölganligi sababli aksariyat sub'yektlarda hisobçi (buxgalter) mavjud emas yoki mutaxassisligi bölmagan şaxslar buxgalter vazifasini bajarib kelmoqda.

Misol uçun, birgina QQSni tölaş tizimiga ötayotgan fermer xöjaliklarning 62 foizida boş hisobçilarning mavjud emasligi sababli, ularda buxgalteriya hisobini yuritiş va QQSni töğri hisoblaşda qiyinçiliklar yuzaga kelmoqda.

Dasturiy mahsulotning amaliyotga joriy qilinişi har qanday foydalanuvçi uçun qulay şaroitni yaratiş bilan bir qatorda soliqlarni hisoblanişida kömaklaşuvçi va hisobçilarning bilim saviyasini oşirişga imkon yaratuvçi vosita bölib qoladi.

Natijada:

soliq tölovçilar tomonidan soliq majburiyatlari bajarilişida qulay şaroit yaratiladi;

tadbirkorlik sub'yektlarida buxgalteriya hisobini yuritiş uçun moddiy va mehnatga oid xarajatlar tejaladi;

«onlayn» rejimida masofaviy muloqot usullari örnatiladi;

davlat soliq xizmati organi soliq tölovçilarning buxgalteriya hujjatlaridan masofaviy tarzda foydalaniş huquqiga ega böladi;

soliq tekşiruvlarini ötkaziş va soliq tizimida korrupsion omillar qisqartiriladi.