Bo‘sh vaqtingizda nima bilan band ekaningiz qay darajada muvaffaqiyatli ekaningizni ko‘rsatadi, deydi Ideonomika.
Siz aynan nima bilan shug‘ullanishingizning ahamiyati yo‘q. Agar sarguzashtlarga berilmay, uyda bekor bo‘lishni afzal bilsangiz, bu juda zo‘r! Ehtimol, sizga o‘zingizga kelib olish uchun vaqt zarurdir.
Biroq gap dam olish kunlari haqida borar ekan, muvaffaqiyatli kishilarni omadsizlardan ajratib turuvchi asosiy narsa – onglilik.
Siz bo‘sh vaqtingizni qanday o‘tkazish haqida oldindan o‘ylab reja tuzasizmi?
Omadsizlar odatda amalga oshiradigan 11 narsa quyidagilar – ularni nima uchun chetlab o‘tish kerakligi haqida batafsil ma'lumot beramiz.

Ular rejalashtirishni unutadilar
Dam olish kunining har bir daqiqasini rejalashtirish kerak emas, biroq o‘zingiz bajarmoqchi bo‘lgan narsa haqida tasavvurga ega bo‘lishingiz lozim.
Bu sizga o‘z vaqtingizni himoya qilish, ehtimol ayrim yoqimsiz mashg‘ulotlarni ham rejalashtirish imkonini beradi.
Ular yaqinlariga e'tibor berishmaydi
Siz uchun ahamiyatli kishilarga hafta davomida vaqt topish murakkab bo‘lishi mumkin. Ushbu yetishmovchilikni dam olish kunlarida to‘ldirishga harakat qiling.
Ular texnologiyalar ustunlik qilishiga yo‘l qo‘yadilar
Telefonni olib qo‘ying. Ishdagi elektron pochtani o‘chirib qo‘ying va hamkasblaringizga xabarlarga javob bermasligingizni ayting. Texnologiyalarga tobe bo‘lmang.
Ular hordiq chiqarishmaydi
Yolg‘iz yoki do‘stlar bilan dam olishingiz ahamiyatga ega emas, muhim sizga xursandchilik olib keladigan ishni amalga oshiring.















